2020-2021 OʻQUV YILI UCHUN QAYTA VA YANGIDAN NASHR ETILAYOTGAN DARSLIKLARGA KIRITILGAN YANGILIKLAR » BELLASHUV.UZ
Yangiliklar

2020-2021 OʻQUV YILI UCHUN QAYTA VA YANGIDAN NASHR ETILAYOTGAN DARSLIKLARGA KIRITILGAN YANGILIKLAR

Поделиться:



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika taʼlim markazi hamkorligida “KOLORPAK“ va ”GREDO PRINT GROUP“ MCHJlari hamda ”Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga press-tur tashkil etildi.

Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov ishtirokchilarga 2020-2021 oʻquv yili uchun nashr etilayotgan darsliklarga kiritilgan yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Jurnalistlarning yangi chop etilayotgan darsliklar saviyasi va ularning avvalgi kitoblardan farqli jihatlari xususidagi savollariga javob berdi.

2020-2021 oʻquv yili uchun rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarning jami 558 nomdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etilishi rejalashtirilgan. Shundan:

346 nomda - umumtaʼlim maktablari uchun;

160 nomda - imkoniyati cheklangan bolalar uchun;

52 nomda - multimedia ilovalari.

Umumtaʼlim maktablarning 346 nomdagi (27,9 mln.) darsliklarning 118 nomdagisi (34,1%) original maketlar va 228 nomdagisi (65,9%) tarjima maketlar hisoblanadi.
image145.jpg
Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda asosiy eʼtibor mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob berishiga qaratildi. Buning uchun amaliyotchi oʻqituvchilar hamda fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan darsliklar bir necha bor ekspertizadan oʻtkazildi. Ekspertiza xulosalari asosida esa darsliklar mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida darsliklar qayta ishlanib, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Bugungi kunda qayta nashrga tavsiya etilgan illyustratsiyasi eskirib ketgan, yorqin ranglarda boʻlmagan, chizilgan rasmlar oʻzining jozibadorligini yoʻqotgan darsliklarni takomillashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu yilgi chop etiladigan darsliklar qayta nashrdagi darsliklar boʻlganligi sababli asosiy urgʻu darsliklarning mazmuni va dizayniga qaratildi.

Hozirga qadar Respublika taʼlim markaziga foydalanuvchilarimiz tomonidan 8000 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Darsliklar yuzasidan kelib tushayotgan oʻrinli taklif va mulohazalar Markazning fan metodistlari tomonidan oʻrganib chiqilib, darsliklarni davriylik asosida nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda. Darsliklar yuzasidan kelib tushgan takliflarga mutaxassis hamda metodistlar tomonidan tayyorlangan javoblar foydalanuvchilarga yuborilmoqda.

Shuningdek, “Darsliklar muhokamasi” telegram kanaliga joriy yilda yangi va qayta nashr etiladigan darsliklarning PDF nusxalari bosqichma-bosqich qoʻyib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar bu kanalimizga 225 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Takliflarning asosiy qismi darslik mazmuni, bir qismi darslik dizayni hamda darslikdagi imlo xatolar toʻgʻrisida boʻlib, ushbu takliflar darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda.

2020-2021 oʻquv yilida chop etiladigan darsliklarga kiritilgan oʻzgarishlar quyidagilar hisoblanadi.

Joriy yildan 1-9-sinflar uchun “Tarbiya”, 5-, 8-, 9-sinflar uchun “Informatika”, 4-,5-sinflar uchun “Texnologiya”, 4-sinf “Oʻzbek tili”,
10-11-sinflar uchun “Ona tili” va “Oʻzbek tili” oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar yaratilishi asosiy yangiliklardan hisoblanadi.

Darsliklarni nashrga tayyorlashda birinchi navbatda, oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda tayyorlandi.

Ikkinchidan, darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etildi, xalqaro tajribaga suyangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Yana bir eʼtiborli holat – fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlandi. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish boʻyicha darsliklar mazmuniga xalqaro baholash dasturi oʻquvchilar yoshiga mos tarzda TIMSS, PIRLS talablari singdirildi.

Eng muhimi, darsliklar innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi. Bunda, oʻquvchilarda. mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan taʼlimiy oʻyinlar, mashqlar, masalalar va topshiriqlar amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirildi.

Qolaversa, 4-, 5-sinf Texnologiya va 5-, 8-, 9-sinf Informatika darsliklari mazmuni oʻquvchilarning texnik qobiliyatini rivojlantirishga oid amaliy, kreativ, mantiqiy yondashuvga asoslangan topshiriqlar bilan boyitildi. 5-sinf “Ona tili”, 4-5-sinf “Texnologiya” darsliklari uchun ilk bor oʻqituvchi kitobi va multimedia ilovalari tayyorlandi.

Koʻzi ojiz oʻquvchilar uchun chop etilayotgan brayl alifbosidagi darsliklarga boʻrtma shakldagi rasmlar va xaritalar kiritildi.Ilk bor 10 va 11-sinflar uchun 9 nomdagi brayl darsliklari hamda kar va zaif eshituvchi oʻquvchilar uchun 4 nomdagi yangi darsliklar tayyorlanmoqda.
image-144.jpg

Yangiliklardan yana biri darsliklardagi mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida darsliklarga QR-kod oʻrnatildi. Taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga oʻzbek va jahon adiblarining hayoti va ijodidan namunalar kiritilgani ham darsliklardagi yangilik hisoblanadi.

“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori bilan yangi “Tarbiya” fani joriy etildi. Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada?

“Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi.1–9-sinflarda – 2020/2021 oʻquv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi. Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Cingapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari koʻnikma shakllantiriladi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi. Oʻquv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan. “Tarbiya” darsliklarida «role-model», yaʼni “namuna keltirish” zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi.
Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson boʻlish eng avvalo toʻgʻri maqsad qoʻyishga bogʻliq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning taʼlimotiga koʻra, hayotda oʻz oldiga maqsad qoʻyish va unga erishishni oʻrganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi.

Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?