O'qituvchilar uchun USTAMA toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati 2023-2024 o'quv yili uchun » BELLASHUV.UZ

O'qituvchilar uchun USTAMA toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati 2023-2024 o'quv yili uchun




⚡️2023-2024 oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi


? Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlandi.

? Sertifikatlarning to'liq ro'yxatini saytga joylashtirilgan fayl orqali tanishib olishingiz mumkin!


? Mazkur qarorda oʻtgan oʻquv yilidagi Sertifikatlar roʻyxatiga bir qancha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi koʻzda tutilgan. 


Jumladan:


 Roʻyxatga yangidan qoʻshilgan yoki ustama toʻlash ballari oʻzgartirilgan sertifikatlar:


1️⃣ GRE (Graduate Record Examinations) Quantitative Reasoning ( bali oʻzgartirilmoqda 155 ballga tenglashtirilgan oʻzgarish matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga ham tegishli);


2️⃣ Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan Tarix, Geografiya hamda Boshlangʻich taʻlim (Ona tili va adabiyot (Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) yoki Matematika fanidan));


3️⃣ Teaching English as a Foreign Language (TEFL);


4️⃣ Teaching English as a Second Language (TESL);


5️⃣ SAT subject score ( yangidan qoʻshilmoqda matematika, fizika, biologiya va kimyo fanlariga tegishli);


6️⃣ A levels (A) hamda Astrum Certified IT Educator (80) (Informatika va axborot texnologiyalari fanidan);



Manba: ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali 




1
Добавлено: 31-07-2023, 16:35
0
2 751
Yuqoriga