Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining lavozim YO'RIQNOMASI (Yangi tahrir 2023-2024) » BELLASHUV.UZ
Yangiliklar / Hujjatlar

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining lavozim YO'RIQNOMASI (Yangi tahrir 2023-2024)

Поделиться:



Umumiy o'rta ta'lim muassasasining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining lavozim YO'RIQNOMASI


1- bob. Umumiy qoidalar

 1. Mazkur yo'riqnoma umumiy o'rta ta'lim muassasasining ma'naviy­ ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining (keyingi o'rinlarda direktor o'rinbosari   deb  yuritiladi)  asosiy   vazifalari,  funksiyalari,  huquqlari va majburiyatlari hamda faoliyatini samarali tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Direktor o'rinbosari o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O' zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyruqlariga hamda mazkur yo'riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.

 

2- bob. Direktor o'rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari.

 3. Quyidagilar direktor o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi: ta'lim muassasasida ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish; tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, ijrosini nazorat qilish;

ta'lim muassasasi o'quvchilari hamda pedagoglari ishtirokidagi ma'naviy­ ma'rifiy yo'nalishidagi tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;

ta'lim muassasasida turli to'garaklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini ta'minlash;

milliy an'ana va qadriyatlar, xalqimizning boy ma'naviy merosi asosida o'quvchilami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;

o'quvchilaming bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi ta'til davrida ulaming kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bog'liq ishlami amalga oshirish;

ta'lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;

sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, ta'lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar holati va natijalarini monitoring qilish, ota-onalar va ulaming o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o'rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish;

o'quvchilaming tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat qilish;

o'quv yili davomida har juma kuni tashkil etiladigan "Sinf soati"ning o'tkazilish samaradorligini monitoring qilish;

o'quvchilar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklaming oldini olish masalalari bo'yicha huquq-tartibot, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish;

ichki ishlar profilaktik hisobiga, maktab ichki ro'yxatiga olingan o'quvchilar

hisobi va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini ta'minlash·

ta'lim' muassasasida ''xavf guruhi"ga kiruvchi (notinch, nosog'lom, to'liq

bo'lmagan oila) o'quvchilaming umumiy ro'yxatini shakllantirish, maktab inspektor-psixologlari bilan birgalikda individual yondashuv asosida alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish;

san'atkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va boshqa tadbirlar o'tkazilishini tashkil qilish;

pedagog xodimlar uchun o'quv yili davomida har oyning uchinchi jumasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlami tashkil etish;

vatanparvarlik, insoniylik, millatlararo do'stlik va totuvlik tamoyillariga asoslangan o'quvchilar jamoasining shakllanishiga tegishli sharoitlarni yaratish;

o'z malakasini oshirib borish, yo'nalishi bo'yicha tuman, mintaqa va respublika miqyosidagi turli seminarlarda ishtirok etish;

voyaga yetmaganlaming nazoratsiz va qarovsiz qolishining, ular o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklaming oldini olishga qaratilgan "O'quvchi", "Davomat", "Tig"' kabi profilaktik reydlarda ishtirok etish;

sinf rahbarlari va maktab psixologlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

4-11-sinf o' quvchilari o'rtasida "Kamalak" va "Yoshlar ittifoqi" sardorlari faoliyatini yo'lga qo'yish, tarkibi 14 kishidan iborat 4-7-sinflarda har bir sinfdan 1 nafardan sinf "Kamalak" sardori", 8-11-sinflarda 1 nafardan sinf "Yoshlar ittifoqi" sardori" tanlagan holda, "Maktab sardorlari kengashi" saylovini tashkil etish;

o'quv yili davomida sardorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash;

tarbiyaviy ishlar yuzasidan sinf rahbarlarining hisobotlarini eshitish, pedagogik kengashlarda umumiy hisobot berish.

Direktor o'rinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalami ham bajarishi mumkin.

4. Direktor o'rinbosari o'ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:

a) o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo'nalishida:

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo'yicha direktor o'rinbosari­ Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari bilan birgalikda vatanparvarlik ishlarini muvofiqlashtirish;

har tomonlama yetuk, barkamol, ma'naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, o'quvchilaming qobiliyatlarini to'liq namoyon etishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;

o' quvchilar o'rtasida Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

o' quvchilar bilan ishlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me'yorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish, o'quvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish;

tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda o'quvchilaming g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlami tizimli ravishda tashkil etish, tadbirlarga ''xavf guruhi"ga kiruvchi o'quvchilami muntazam ravishda jalb etish;

b) ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yo'nalishida:

"Oila - mahalla - ta'lim muassasasi" hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, reja asosida kengash majlislarini tashkil etish;

o'quvchilaming ta'lim muassasas1ga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish;

o'quvchilaming turli diniy oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish, targ'ibot ishlarini tashkil etish;

o'quvchilaming ta'lim-tarbiyasi bo'yicha ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish;

darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og'ir o'quvchilaming ota-onalari hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish, natijalarini reja asosida direktor huzuridagi yig'ilishlarda muhokama etib borish;

v) o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo'nalishida:

5 ta muhim tashabbus doirasida ta'lim muassasasida fan, sport, badiiy-estetik,

san'at, texnik, ekologik, sayyohlik, o'lkashunoslik va boshqa yo'nalishlarda to'garaklar, klublar faoliyatini tashkil etish, o'quvchilaming qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ulami to'garaklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;

qobiliyatli va iste'dodli o'quvchilami rag'batlantirish, ulaming ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko'maklashish ishlarini tashkil etish;

o'quvchilaming yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi ta'til kunlarini mazmunli o'tkazishi uchun sinf rahbarlari va ota-onalar hamkorligida sharoit yaratishni muvofiqlashtirish;

sinf rahbarlari bilan birgalikda o'quvchilaming xavfsizligini ta'minlagan holda sinfdan va maktabdan tashqari, ekskursiya, ma'naviy-ma'rifiy, ommaviy­ madaniy tadbirlami tashkil etishga, sayohatlar uyushtirishga bevosita rahbarlik qilish;

g) pedagogik jamoa bilan birgalikda:

"O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizom", "Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchi va o'quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari", "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to'g'risidagi nizom"ning mazmun-mohiyatini va talablarini ta'lim

 muassasasmmg har bir xodimi, o'quvchilari, ulaming ota-onalari e'tiboriga yetkazish, ular tomonidan rioya etilishini nazorat qilish;

zarur hollarda mobil telefonlardan foydalanish, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga ta'lim muassasada rioya etilish holati bo'yicha masalalami pedagogik kengash, direktor huzuridagi va ota-onalar yig'ilishlari muhokamasiga kiritish.

Direktor o'rinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalami ham amalga oshirishi mumkin.


5. Direktor o'rinbosari quyidagilami bilishi lozim:

amaldagi umumiy o'rta ta'lim sohasini va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlami;

jamoani boshqarishning samarali usullarini, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini;

bolalami vatanparvarlik ruhida ma'naviy-axloqiy tarbiyalash usullarini; voyaga   yetmaganlar    o'rtasida   huquqbuzarliklaming   oldini    olish,

jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha huquqiy-me'yoriy hujjatlarni; davlat ta'lim standartlari talablari va uning mazmunini;

xodimlarni ma'naviy-moddiy rag'batlantirish tizimlari va metodlarini; pedagogika  fani   va  amaliyoti,  boshqaruv   psixologiyasining  jahon  va

mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini;

ta'lim muassasasi va o'qituvchilar faoliyatini tahlil gila olish, ta'lim muassasasi faoliyatidagi muammolami aniqlash, ularni hal qilishning samarali yo'llarini topishni;

ta'lim muassasasining tarbiyaviy tadbirlar dasturlari va tarbiyaviy ishlar rejalarini ishlab chiqishni;

ta'lim muassasasi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish, o'quv jarayonida ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashni;

pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, pedagogik jamoada qulay psixologik muhit yaratishni.

6. Direktor o'rinbosari zimmasiga mazkur yo'riqnoma va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifalami yuklash, ulami faoliyatiga oid bo'lmagan yig'ilishlarga va boshqa tadbirlargajalb etishga yo'l qo'yilmaydi.

7. O'quvchilarning ta'lim muassasasidan tashqarida, darsdan keyingi paytdagi xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ulaming ota­ onalari javobgar hisoblanadi.

Bunday holatlarda direktor o'rinbosariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo'llanilmaydi.

 

3- bob. Direktor o'rinbosarining huquq va majburiyatlari

 8. Direktor o'rinbosari faoliyatiga doir vazifalami amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

ta'lim muassasasidagi tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;

 

sinf rahbarlari bilan o'quvchilar jamoalarini o'rganish, sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlari sifat-samaradorligi va mazmunini, bolalar ijodiy birlashmalari (to'garak, klub, seksiya) faoliyatini nazorat qilish;

sinf rahbarlari, pedagoglar, ota-onalar, mahalla, ijodiy tashkilotlar bilan ishlash mazmuni, shakl va usullarini tanlash, uni ta'lim muassasasi an'analariga muvofiq ravishda amalga oshirish;

darslarda, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlarda, sinf rahbarlari tomonidan taklif etilgan tadbirlarda ishtirok etish;

har bir pedagog xodimning ma'naviy-ma'rifiy tarbiya yo'nalishidagi ishlari, o'quvchilami maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etishdagi natijalari asosida moddiy va ma'naviy rag'batlantirish bo'yicha taklif kiritish;

o'quvchilar ta'lim-tarbiyasi bo'yicha ota-onalami ta'lim muassasasiga taklif etish, zarur hollarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oilalarga tashrif buyurish;

mahalliy hokimlik qoshidagi Bolalar masalalari bo'yicha idoralararo milliy komissiyasi ishida, tashkilot va idoralardagi ta'lim muassasasi o'quvchilarining ta'lim-tarbiyasiga oid kengashlarda, voyaga yetmaganlar ta'lim-tarbiyasiga oid yig'ilishlarda, tarbiya muammolariga bag'ishlangan nazariy-amaliy, metodik ishlarda qatnashish;

boshqa ta'lim-tarbiya muassasalarining ilg'or ish tajribalarini o'rganish va amaliyotga tatbiq etish;

pedagogik va metodik kengash yoki sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi kengashlariga masalalar kiritish, muhokama qilish;

ta'lim-tarbiya ishlarida yuqori ko'rsatgichlarga erishgan sinf rahbarlarini rag'batlantirish va taqdirlash bo'yicha rahbariyatga taklif kiritish;

voyaga yetmaganlami ta'lim-tarbiyasiga munosib hissa qo'shayotgan ota­ onalami, mahalla faollarini, mehnat faxriylarini rag'batlantirish va taqdirlash uchun taklif kiritish.

Direktor o'rinbosari o'z vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

9. Direktor o'rinbosarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

ta'lim muassasasida tarbiyaviy ishlami shakllantirish va tizimli tashkil etish; sinf rahbarlari tomonidan o'quvchilar davomati yuritilishini nazorat qilish,

tegishli tashkilotlaming vakillari bilan birgalikda dars mashg'ulotlariga surunkali va muntazam qatnashmaydigan o' quvchilarning oilaviy ahvolini, darsga kelmaslik sabablarini o'rganish, ulami darsga to'liq jalb etish choralarini ko'rish, zarur hollarda ularga nisbatan ta'sirchan choralar belgilash bo'yicha tegishli tashkilotlarga rahbariyat nomidan yozma murojaat kiritish;

ta'lim muassasalariga biriktirilgan inspektor-psixologlar o'quvchilamig xatti­ harakati, odob-axloqi va davomatida yuzaga keladigan muammolarda belgilangan tartibda chora-tadbir ishlarini amalga oshirish;

"O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizom", "Umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchi va o'quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari", "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy

etish tartibi to' g'risidagi nizom" talablariga pedagog xodimlar, o' quvchilar, ulaming ota-onalari (ta'lim massasasiga tashrif buyurgan fuqarolar) tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, nizom talablarining buzilish holatlari kuzatilganda, ularga nisbatan ta'sirchan choralar ko'rish bo'yicha taklifkiritish;

amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq farzand tarbiyasida ota-ona mas'uliyati, majburiyati va javobgarligi to'g'risida ota-onalar o'rtasida targ'ibot tushuntirish ishlarini tashkil etish;

barcha umumta'lim fanlari o'qitilishida tarbiyaviy maqsadlami amalga oshirilishini nazorat qilish, pedagoglarga uslubiy yordam ko'rsatish;

o'zining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish.

Direktor o'rinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlami ham bajarishi mumkin.

 

4- bob. Direktor o'rinbosari faoliyatini tashkil etish tartibi

 10. Direktor o'rinbosari ta'lim muassasasi direktori (Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufidagi ta'lim muassasalari direktori) tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Belgilansinki, maktab direktori o'rinbosarining kelgusidagi ish faoliyatini samarali tashkil etishi uchun shaxsiy ma'suliyat maktab direktori zimmasiga yuklatiladi.

Direktor o'rinbosarligiga ta'lim muassasasida o'zining tashkilotchilik qobiliyati va ishiga fidoyilik bilan yondashadigan, jamoa orasida ibratli hamda namunaviy xulq-atvorga ega bo'lgan, o'zining yetakchilik qobiliyati bilan pedagogik jamoa va o'quvchilar o'rtasida obro' qozongan, axborot­ kommunikatsiya texnologiyalami puxta egallagan va kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo'lgan oliy pedagogik ma'lumotli (birinchi navbatda ijtimoiy­ gumanitar yo'nalishdagi) o'qituvchilar tarkibidan tanlanadi.

11. Direktor o'rinbosari o'quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ma'naviy-ma'rifiy ishlami tashkil qiladi, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga umumiy rahbarlik qiladi.

12. Direktor o'rinbosari tadbirlarda, o'quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlaydi, tarbiya jarayonini tashkil etish bo'yicha ota-onalar, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari, mahalliy hokimlik, huquq-tartibot idoralari, fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

13. Direktor o'rinbosarining ish rejasi ta'lim muassasasining umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi.

14. Direktor o'rinbosari bevosita ta'lim muassasasi direktoriga bo'ysunadi.

15. Direktor o'rinbosari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

- yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar to'plami (yuqori tashkilotlar rejasi, 5 ta muhim tashabbuslar va ta'lim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq

 

ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ish rejasi, undagi tadbirlaming bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

- voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir hujjatlar to'plami (Bolalar masalalari bo'yicha idoralararo milliy komissiyasi bilan ishlash hujjatlari, ichki ishlaming profilaktik hisobida turuvchi o'quvchilar yig'ma jildlari, odam savdosiga, giyohvandlikka, diniy ekstremizm va aqidaparastlikka, OITSga qarshi kurash, yo'l harakati va yong'in xavfsizligi yo'nalishiga oid yuqori tashkilotlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan

/tasdiqlangan/ ta'lim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlaming bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlar);

- "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga doir hujjatlar to'plami (yuqori tashkilotlaming /shu jumladan xotin­ qizlar bilan ishlash boshlang'ich tashkiloti/ hamkorlik rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan /tasdiqlangan/ ta'lim muassasasining tadbirlar rejasi, undagi tadbirlaming bajarilish yuzasidan tegishli hujjatlar);

- o'quvchilar davomati va bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga doir hujjatlar to'plami (direktor o'rinbosari tomonidan umumlashtirilgan va tuman

/shahar/ Maktabgacha va maktab ta'limi tuman bo'limiga taqdim etilgan davomat bo'yicha ma'lumotlar, muntazam va surunkali dars qoldiruchi o'quvchilar va noqobil oila farzandlari bilan olib boriladigan tadbirlar rejasi, undagi tadbirlaming ijrosi yuzasidan hamda o'quvchilaming bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, to'garaklar faoliyati va ta'til kunlariga doir hujjatlar).

16. Direktor o'rinbosari faoliyat yo'nalishlari bo'yicha o'quv yili choraklari va yakuni bo'yicha hisobotlar tayyorlaydi hamda ta'lim muassasasi direktoriga topshiradi.

 

5- bob. Yakunlovchi qoidalar

 17. Maktabgacha va maktab ta'limi boshqaruv idoralari direktor o'rinbosari yordamidan faqat ushbu yo'riqnomada belgilangan vazifalar doirasida ta'lim muassasasi direktori bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.

18. Mazkur yo'riqnoma talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.


Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?