2023-2024-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar RO’YXATI . (QIZIL TOIFADAGI MAKTABLAR) » BELLASHUV.UZ

2023-2024-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar RO’YXATI . (QIZIL TOIFADAGI MAKTABLAR)




Qizil toifadagi maktabga borib ishlagan o‘qituvchiga qo‘shimcha haq to‘lanadi

 

«Qizil maktablar» bu — ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar hisoblanib, ularning ro‘yxati har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.

 

O’qituvchi boshqa bir hududdan borib mana shunday ro‘yxatga kiritilgan maktabda ishlasa ularning oylik maoshiga qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.

 

❕Boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchi-pedagoglarga quyidagicha miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi:

 

?Bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

 

?Boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustama.

 

Boshqa hududdan «Qizil maktablar»ga jalb etilgan pedagoglarga faoliyat olib borgan davriga, biroq 2 yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (hozirgi kunda 660 ming so‘m) miqdorida har oylik pullik kompensatsiya to‘lab berilishi ham ta’minlanadi.

 

Agar pedagog xodim amalda ishlayotgan ish joyida direktor jamg‘armasi hisobidan ustama olayotgan bo‘lsa, bu ustamalar ta’lim sifati past bo‘lgan maktabda ish boshlagan taqdirda ham bir o‘quv yili davomida saqlanib qoladi.

 

Eslatib o‘tamiz, qizil toifadagi maktabga borib ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchi tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga va birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega bo‘lishi, kamida bir yil pedagogik ish staj hamda amalda faoliyat yuritayotgan maktabi «Qizil maktablar» ro‘yxatida bo‘lmasligi kerak.


❕Qizil toifadagi maktablar ro‘yxati bilan mana bu yerda  tanishib chiqishingiz mumkin.






qizil maktablar ro'yxati 2023
14
Добавлено: 25-06-2023, 18:22
0
6 980
Yuqoriga