PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI! » BELLASHUV.UZ

PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!




Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.


 ❓ Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

? Talabgorning:

➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;

➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 

➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).


❗️ DIQQAT

? Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim.


❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

➖ 2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.



Prezident maktabiga hujjatlarni online topshirish haqida





0
Добавлено: 1-06-2023, 00:52
0
657
Yuqoriga