Yangi o'quv yilidan Ona tili hamda Ona tili va o'qish savodxonligi fanlaridan nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yuboriladi » BELLASHUV.UZ

Yangi o'quv yilidan Ona tili hamda Ona tili va o'qish savodxonligi fanlaridan nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yuboriladi




Milliy o'quv dasturi asosida yangi avlod darsliklari amalga joriy qilingan sinflar uchun Ona tili va o'qish savodxonligi hamda Ona tili fanlaridan taqvim rejasida ko'rsatilgan nazorat ishlari uchun materiallar hamda baholash mezonlari Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi hamda tavsiya (hozircha oʻqituvchilar aynan shu materiallar asosida baholashga majburlanmaydi) sifatida oʻqituvchilarga yuboriladi.


Respublika taʼlim markazi baholash bo'yicha mutaxassisi Shokir Tursunning taʼkidlashicha, ushbu nazorat materiallari orqali maʼlum davr oralig'ida o'quvchilar oʻzlashtirishi lozim boʻlgan ko'nikmalar tekshiriladi.


Bundan tashqari, nazorat materiallarini tahlil qilish bo'yicha qo'llanma ham boʻlib, o'qituvchilar oʻquvchilarining baholarini batafsil izohlab berish imkoniga ega bo'ladilar.


Respublika ta'lim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etiladi, vazirlik belgilangan taqvim-reja asosida hududiy xalq ta'limi boshqarmalarini nazorat materiallari bilan ta'minlaydi.


?Nazorat materiallari yuboriladigan fanlar va sinflar roʻyxati:


1-, 2-, 3-sinflar uchun Ona tili va oʻqish savodxonligi;

6-, 7-, 10-sinflar uchun Ona tili.



Manba: Respublika ta'lim markazi




0
Добавлено: 7-08-2022, 13:33
0
529
Yuqoriga