Uyda qoling! / Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Уйда қолинг! / Оставайтесь дома!

“Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” mavzusida respublika insholar tanlovini haqida va uni o'tkazish tartibi, nizomi


Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda “Yosh kuch” jurnali umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida“Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” mavzusida respublika insholartanlovini eʼlon qiladi. 

Tanlovda umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari (ixtiyoriy) oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tilida (ixtiyoriy) yozilgan insholari bilan ishtirok etishi mumkin. 

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilar “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!” mavzusidagi insholarini joriy yilning 10-aprel kuniga qadar Xalq taʼlimi vazirligiga (100017, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 2-a uy manziliga) pochta yetkazish xizmati orqali yuborishi lozim. 

Tanlovga kelib tushgan insholar 25-28-aprel kunlari saralanib, natijalar 30-aprel kuni Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) orqali eʼlon qilinadi. 

Tanlov gʻoliblari Xalq taʼlimi vazirligining qimmatbaho sovgʻalari (noutbuk, planshet va telefon) bilan taqdirlanadi. Shuningdek, eng yaxshi insholar va ularning mualliflari Oʻzbekiston yoshlarining brend nashri – “Yosh kuch” jurnalida yoritiladi.


NIZOMNI YUKLAB OLISH


0
Joylashtirildi: 14-03-2020, 20:56
0
351

O'xshash maqolalar

Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
Yuqoriga