2023-2024 o'quv yili uchun tayanch o'quv reja » BELLASHUV.UZ
Hujjatlar

2023-2024 o'quv yili uchun tayanch o'quv reja

Поделиться:




Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljaHangan

tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 637-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori va Prezident Administratsiyasining 2023-yil 27-apreldagi 08-740-sonli topshirig‘iga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayanch o‘quv rejani tasdiqlash maqsadida buyuraman:

1.    Quyidagilar: 

ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati 1-    ilovaga muvofiq;

ta’lim rus va qardosh tillarida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja va tushuntirish xati 2-    ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2.    Joriy o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy etilsin.

3.    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (A.Narimbetov) hududidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasini ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin.

4.    Respublika ta’lim markazi (Sh.Sattarov)ga:

bir oy muddatda tayanch o‘quv reja asosida tegishli taqvim-mavzu rejalarini ishlab chiqish; bir hafta muddatda 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasi, o‘quv dasturi, davlat ta’lim standartlari va taqvim-mavzu rejalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha vazirlikka taklif kiritsin.

5.    A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutiga: boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari fani”ni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish va o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining dasturini ishlab chiqish; umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitadigan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini qisqa muddatli o‘quv kurslariga qamrab olish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash; 2023-yilning 25-avgustiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining mazmun-mohiyati bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtirish; o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan o‘qituvchilarga sertifikat berilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

6.    Hududiy pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy- tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari bo‘yicha dastur asosida 1-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitadiganboshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvini tashkil etsin.

7.    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlariga: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani joriy qilinishi munosabati bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etishlarini ta’minlash; 2023-2024-o‘quv yili davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tayanch o‘quv reja va uning tushuntirish xatida belgilangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtirish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejadan kelib chiqqan holda muassasa xodimlarining ish yuklamalari tarifikatsiyasi va dars jadvallarining ishlab chiqilishi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish; 2023-yilning 30-avgustiga qadar 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejadagi yangiliklar va tushuntirish xatining mazmun-mohiyatini har bir ta’lim muassasasiga yetkazish hamda pedagogik kengash yig‘ilishlarida targ‘ibot ishlarini tashkil etish vazifalari topshirilsin.

8.    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tayanch o‘quv rejani bajarish va natijalarini tahlil etib borish ishlariga hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda ta’lim muassasalari rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilansin.

9.    Mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 24-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2022-2023-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 414-sonli buyrug‘i 2023-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari U.Sharifxodjayev zimmasiga yuklatilsin


Vazir:                            X. Umarova 

Toshkent sh.,
 2023-yil 15-may,
 125-son



O‘zbekiston Respublikasi
 Maktabgacha va maktab ta’limi
 vazirining 2023-yil 15 -maydagi
 125-son buyrug‘iga
 1-ILOVA

Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun
 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja


T/r

Fan yo‘nalishlari
 va nomlari

Haftalik o‘quv soatlari
 (sinflar kesimida)

Haftalik

umumiy

soat

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

I.

Filologiya fanlari

10

11

11

11

11

11

10

10

10

9

9

113

1

Ona tili va adabiyot

8

7

7

7

6

6

5

5

5

4

4

64

2

Rus tili

 

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

20

3

Chet tili

2

2

2

2

3

3

3

3

3

3

3

29

II.

Ijtimoiy fanlar

1

1

1

1

3

3

4

5

5

4

4

32

4

Tarix

 

 

 

 

2

2

3

3

3

2

2

17

5

Davlat va huquq asoslari

 

 

 

 

 

 

 

1

1

1

1

4

6

Tarbiya

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

1

11

III.

Aniq fanlar

6

5

5

5

6

6

6

6

7

7

7

66

7

Matematika

5

5

5

5

5

5

5

5

5

5

5

55

O

Informatika va axborot

1

 

 

 

1

1

1

1

9

o

9

1 1

8

texnologiyalari

1

 

 

 

1

1

1

1

2

2

2

11

IV.

Tabiiy va iqtisodiy

1

2

2

2

2

3

8

8

8

8

8

52

 

fanlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

9

Fizika va astronomiya

 

 

 

 

 

 

2

2

2

2

3

11

10

Kimyo

 

 

 

 

 

 

2

2

2

2

2

10

11

Biologiya

 

 

 

 

1

 

2

2

2

2

2

11

12

Geografiya va iqtisodiyot

 

 

 

 

1

 

2

2

2

2

1

10

13

Tabiiy fan (Science)

1

2

2

2

 

3

 

 

 

 

 

10

V.

Amaliy fanlar

4

5

5

5

6

6

6

4

4

3

3

51

14

Musiqa madaniyati

1

1

1

1

1

1

1

 

 

 

 

7

15

Tasviriy san’at va

1

1

1

1

1

1

1

1

1

 

 

9

 

chizmachilik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

16

Texnologiya

1

1

1

1

2

2

2

1

1

 

 

12

17

Jismoniy tarbiya

1

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

21

 

Chaqiruvga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

18

boshlang‘ich

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1

1

2

 

tayyorgarlik

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jami

22

24

24

24

28

29

34

33

34

31

31

314





Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?