Maktab hududida telefon ishlatsam bo‘ladimi? » BELLASHUV.UZ

Maktab hududida telefon ishlatsam bo‘ladimi?




Savol: Maktab hududida telefon ishlatsam bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q, mumkin emas.


Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012-yil 21-mayda «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qaror asosida Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i ishlab chiqilgan.

Mazkur hujjatlar ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibini belgilaydi hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olish, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘quvchi yoshlarning sog‘lig‘ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirish, ta’lim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

E’tibor bering! Unga ko‘ra, Ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir o‘quvchi, o‘qituvchilar va boshqa shaxslar uyali aloqa vositasini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart.

Telefon faqat maxsus g‘iloflarda, sumka va portfellarda olib yurilishi kerak. Ta’lim oluvchilarga telefon vositalarni bo‘yinga osib yurish, shim va yubka cho‘ntaklarida olib yurish, dars vaqtida esa ulardan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.

Yuqorida keltirilgan asoslarga ko‘ra, siz maktab xududida telefoningizni faqat maxsus g‘iloflarda, sumka va portfellarda olib yurishingiz lozim.

Ushbu material TDYUUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.

O‘zA



0
Добавлено: 20-03-2021, 16:59
0
737
Yuqoriga