20 mart sanasi sinf jurnaliga yoziladimi? » BELLASHUV.UZ

20 mart sanasi sinf jurnaliga yoziladimi?






#Savol 
Assalomu alaykum. Bugun o‘quvchilar uchun bahorgi ta’til kunlari e’lon qilindi. Ilgari bahorgi ta’til 21 martdan boshlanar edi. Bu bo‘yicha yangilik bormi? Savolim shundan iboratki, 20 mart kuni ham o‘qish bo‘ladimi? Ya’ni, 20 mart sanasi sinf jurnaliga yoziladimi?


#Javob 
Bugun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til kunlarining aniq sanasi rasman e’lon qilindi.

2021 yil 20 mart kuni 2020-2021 o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanib, bunda 19 mart kuni o‘quvchilar uchun uchinchi chorakning oxirgi o‘qish kuni hisoblanadi. Bahorgi ta’til 20 mart sanasidan boshlanib, 28 martgacha davom etadi. 2021 yil 29 martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.

Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 20 mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’iy nazar dam olish kuni hisoblanadi.

Shu sababli 2021 yil 20 mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorak boshlanganda sinf jurnaliga tig‘izlashtirilgan holda yozilaveradi.




ta'til
0
Добавлено: 17-03-2021, 21:51
0
538
Yuqoriga