Mantiq maydoni (10-son) » BELLASHUV.UZ
O'quvchilarga / Qiziqarli savollar

Mantiq maydoni (10-son)

Поделиться:




Hurmatli saytimiz kuzatuvchilari!  “Mantiq maydoni”ning bugungi sonida an’anamizdan biroz chekindik. Avvallari siz – aziz muxlislarga bir nechta savol bilan murojaat etgan bo‘lsak, bu gal hikoyanamo savol bilan boshingizni qotirish niyatidamiz. Siz bugungi muammoni hal qilish uchun sahifamizdagi jadvalni to‘g‘ri to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.


 

o'quv quroli

meva

ichimlik

go'sht mahsuloti

sut mahsuloti

o'yinchoq

shirinlik

oshxona anjomi

Anvar

 

 

 

 

 

 

 

 

Xurram

 

 

 

 

 

 

 

 

Yo'lchi

 

 

 

 

 

 

 

 

Zohid

 

 

 

 

 

 

 

 


















To‘rt bolakay – Anvar, Xurram, Yo‘lchi va Zohid supermarketga kirishdi. Ularga o‘quv qurollari, meva, ichimlik, shirinlik, go‘sht va sut mahsulotlari, o‘yinchoqlar hamda oshxona anjomlaridan bittadan olib kelish topshirilgan.


O‘n daqiqadan so‘ng ular savatchalarini to‘ldirib kelishdi. Ajablanarlisi shundaki, bir savatchadagi mahsulot boshqalarida uchramas edi. Quyida ana shu mahsulot nomlarini keltiramiz:


O‘quv qurollari: chizg‘ich, o‘chirg‘ich, qalam, ruchka;


Mevalar: behi, olma, limon, banan;


Ichimlik: “Pepsi”, “Sprite”, “Coca Cola”, “Fanta”;


Go‘sht mahsulotlari: baliq, ot, tovuq, qo‘y;


Sut mahsulotlari: qaymoq, pishloq, brinza, sariyog‘;


O‘yinchoq: ayiqcha, kuchukcha, mushukcha, quyoncha;


Shirinlik: shokolad, napoleon, kontik, keks;


Oshxona anjomi: qoshiq, sanchqi, kapgir, pichoq.


Biz bugun ham zukko gazetxonlarimizni mantiq minbariga taklif etamiz. Sizlardan Anvar, Xurram, Yo‘lchi va Zohid keltirgan savatchalarda nimalar joylashganligini aniqlab berish talab etiladi. Buning uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanishingiz va shu asosda berilgan jadvalni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Demak, ma’lumotlar:


1. Yo‘lchi qo‘y va kuchuklarni yaxshi ko‘radiganga o‘xshaydi. Otasi qassob bo‘lishi ham mumkin.


2. Zohid olgan o‘quv quroli, aslida, Anvar olgan o‘quv quroli tarkibida ham mavjud.


3. Pishloq yoki ayiqcha joylashgan savatchadan “Fanta” va “Sprite”ni topib bo‘lmaydi.


4. Mashhur sarkardalardan biri mushukdan qo‘rqish kasalligiga chalingani ma’lum. Zohid bundan bexabar ko‘rinadi.


5. Xurram, aslida, ayiqcha emas, maymuncha sotib olishi kerak edi.


6. “Pepsi”ni yoqtiradigan bolakay shalpangquloqqa ham bee’tibor emas. Lekin tabaka sanchqida yeyilmasligidan bexabarga o‘xshaydi.


7. Xurramning savatchasida “sayyora”lardan biri bor. Shuningdek, unda tennischilar raketkasiga o‘xshab ketadigan buyumni ham uchratishimiz mumkin.


8. Qalam solingan savatchaning egasi shunday meva va sut mahsuloti sotib olganki, ularning nomlari bir harf bilan boshlanadi.


9. “Fanta”ni yoqtiruvchi bolakay sotib olgan o‘yinchoqning nomi Internet tarmog‘ida ko‘p qo‘llanadi.


10. Ruchka bilan pishloq bir savatchadan joy olgan.


11. Qoshiq solingan savatcha egasi millioner bo‘lishni xohlasa kerak. Har qalay u tanlagan meva shunga ishora qilganday ko‘rinyapti.


12. Ot bilan sariyog‘ – “savatdosh”.


13. Yo‘lchi keks desa, o‘zini tomdan tashlaydiganlar xilidan.


 

Oldingi sondagi mantiq savolining javobi:

 Mantiq maydoni (9-son)

 

avto

kasbi

ovqat

film

qizi

Asad

Epica

vrach

kabob

Hujjatli film

Lola

Botir

Nexia

dizayner

palov

detektiv

Anora

Doniyor

Lacetti

jurnalist

gulyash

melodramma

Aziza

Eldor

Spark

yurist

tovuq sho'rva

komediya

Noila


Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?