Mantiq maydoni (8-son) » BELLASHUV.UZ
O'quvchilarga / Qiziqarli savollar

Mantiq maydoni (8-son)

Поделиться:



 


1. Qurt 12 metrli daraxtga har kuni 6 metr ko‘tarilib, 5 metr pastga tushadi. Shu qurt daraxtning uchiga necha kunda chiqadi?  

2. 9 ta gugurt cho‘pidan foydalanib, 7 ta uchburchakni qanday yasash mumkin? 

3. Cho‘lda ketayotgan ikki arab ovqatlanish maqsadida to‘rvalaridan banan chiqarib yemoqchi bo‘lib o‘tirishganda bir yo‘lovchi juda ham och ekanligini aytib kelib qoldi va ulardan ovqat so‘radi. Shunda birinchi arab to‘rvasidan 5 ta, ikkinchi arab 3 ta banan oldi va uchchalasi birgalikda teng miqdorda yeyishdi. Buning evaziga yo‘lovchi ularga 8 tanga oltin berdi va o‘zi otiga minib jo‘nab qoldi. Birinchi arab 5 tangani olib, 3 tangani sherigiga berganida sherigi norozi bo‘ldi va tangalarni teng miqdorda bo‘lishishni talab qildi. Bu masalani shahar qozisi yonida hal qilishga kelishishdi. Shahar qozisi qanday qaror chiqarganda adolat bilan ish tutgan bo’ladi? 

4. Bir jinoyatchiga podshoh ikki qutiga 10 tadan joylashtirilgan qora va oq rangli metal sharchalar beribdi. Unga: “Men hozir ketaman, sen sharlarni o‘zing xohlagandek qutilarga joylashtir. So’ng men qutilardan birini tanlab olaman va tanlab olgan qutichidan ko‘zimni yumib bitta shar olaman, agar olgan sharim oq bo‘lsa sen yashab qolasan, aks holda o‘ldiraman”, - debdi. Qutiga sharlarni qanday joylashtirganda mahkumning yashash ehtimoli eng katta bo‘ladi? 

5. Uchta mahbus bir jinoyatga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingan. Ulardan eng ko‘p aloqadori o‘limga hukm qilinadi. A jinoyatchining advokati quyidagicha ma’lumotni bermoqda. - B ga o‘lim jazosi berilmaydi - C ning aloqadorligi B nikidan ko‘proqligi aniq. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib A ga o‘lim jazosi berilish ehtimoli qanday? 

6. Bir gulchi: “Qo‘limdagi gullarning ikkitasidan boshqa hammasi atirgul, ikkitasidan boshqa hammasi binafsha va ikkitasidan boshqa hammasi nilufar”- debdi. Bu gulchining qo‘lida nechta gul bor?  

7. Bir bola 3 g‘ildirakli ot aravada 100 km masofani bosib o‘tdi. Bu odamda 2 ta zahira g‘ildiragi bor va har bir g‘ildirakni bir xil nisbatda ishlatsa, uning har bir g‘ildiragi necha metrdan yo‘l yurgan? 





Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?