Mantiq maydoni (4-son) » BELLASHUV.UZ
O'quvchilarga / Qiziqarli savollar

Mantiq maydoni (4-son)

Поделиться:



1. Uch tadbirkorning Sobir ismli akasi bor. Ammo Sobirning birorta ham ukasi yo’q. Buni qanday izohlash mumkin?

2. Agar beshta mushukning beshta sichqonni ovlashiga besh daqiqa ketgan bo’lsa, bitta mushuk bitta sichqonni necha daqiqada qo’lga tushiradi?

3. Stolda raqamlab chiqilgan 10 ta shlyapa turibdi. Har bir shlyapada 10 tadan tilla tangalar bor. Shlyapalardan biriga qalbaki tangalar solingan. Haqiqiy tangalar 10g dan, qalbakilari esa 9g dan. Bizga bir pallali, 750 grammgacha bo’lgan hisobni ko’rsata oladigan tarozi berilgan. Bir marta tortishda qaysi shlyapadagi tangalar qalbaki ekanligini qanday aniqlash mumkin?

4. To’rt kishi yonma-yon va chap tarafga qaragan holda turibdi. Birinchi kishi ikkinchi va uchinchi odamni, ikkinchi kishi esa faqat uchinchi odamni ko’rib turibdi. Uchinchi va to’rtinchi odamning orasida to’siq, masalan, devor bo’lgani bois ular hech kimni ko’ra olishmaydi. Ular bilishadiki, boshlarida shlyapa bor. Shuningdek, bu shlyapalardan ikkitasi qora, ikkitasi oq ekani ham ularga ma’lum. Lekin hech kim o’z boshidagi shlyapaning qaysi rangda ekanligini bilmaydi. Bu to’rt kishiga boshlaridagi shlyapaning rangini topish topshirilgan. Biroq boshqa tarafga hamda o’z boshiga qarash mumkin emas. Aniq yechimga ega kishi ovoz chiqarib e’lon qilishi kerak. Savol: Bu vaziyatda kim o’z boshidagi shlyapaning rangini aniq ayta oladi?

5. Bir kuni Avazxon o’rmonga boribdi. U yerda Oq dev va Qora devni uchratibdi. Ular daraxt ostida dam olib o’tirishgan ekan. Bu devlarning g’alati bir odati bor: Oq dev dushanba, seshanba va chorshanba kunlari yolg’on gapirib, qolgan kunlari rostg’oy bo’lib qolarkan. Qora dev esa payshanba, juma, shanba kunlari “lag’mon ilib”, boshqa kunlari rost so’zlar ekan.
Avazxon devlardan “Bugun qanday kun?” – deb so’ragan edi, ular quyidagilarni aytishibdi
Oq dev:
- Kecha men yolg’onchilik qiladigan kun bo’ldi.
Qora dev:
- Kecha mening ham yolg’on gapiradigan kunim edi.
Sizningcha, o’shanda haftaning qaysi kuni edi.


6. Bir ko‘prikda to‘rt odam o‘tmoqchi. Ularning hammasi ko‘prikning bir tarafida. Ko‘prikdan 17 daqiqada o‘tish kerak. Ko‘prikdan bir vaqtda 2 kishi o‘ta oladi. Ko‘prik qorong‘u bo‘lgani sababli ko‘prikdan o’tgan kimdir fonarni qaytarib olib kelib berishi kerak. Fonar bir dona. Odamlarning hammasining tezligi har xil. Agar ikki odam ko‘prikdan o‘tsa, tezligi sekin odamning tezligida yurishadi. Ularning tezligi quyidagicha:
1-odam ko‘prikdan 1 daqiqada o‘tadi
2-odam ko‘prikdan 2 daqiqada o‘tadi
3-odam ko‘prikdan 5 daqiqada o‘tadi
4-odam ko‘prikdan 10 daqiqada o‘tadi
Bular ko‘prikdan qanday o‘tishadi.

7. Abdurayim 600 $ ga mashina olibdi. Uni 800 $ ga sotibdi. Keyin 1000 $ ga mashina olib, uni 1200 $ ga sotibdi. Umumiy holda Abdurayim necha $ foyda qilgan?

8. Kun bo‘yi bir xil savol so‘rab, turli xil javob olamiz. Bu qanday savol?

9. Yuqori qavatda 3 ta lampochka bor. Pastki qavatda esa 3 ta lampochka kaliti (vklyuchatel) bor. Siz xohlagan kalitni yoqib ko‘rishingiz mumkin. Lekin tepaga 1 marta chiqib, qaysi lampochka qaysi kalit orqali boshqarilishini topishingiz kerak. Buni qanday uddalaysiz?

Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?