Fan olimpiadasining maktab bosqichini o‘tkazish muddatlari belgilandi » BELLASHUV.UZ

Fan olimpiadasining maktab bosqichini o‘tkazish muddatlari belgilandi




2023-2024 o‘quv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli ko‘rsatmasi berildi.

 

?Olimpiadalar quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

  1. Matematika
  2. Fizika
  3. Kimyo
  4. Biologiya
  5. Informatika va axborot texnologiyalari
  6. Ona tili va adabiyot
  7. O‘zbek tili (boshqa tillarda tahsil oladiganlar uchun)
  8. Qoraqalpoq tili va adabiyoti 
  9. Rus tili va adabiyoti
  10. Ingliz tili
  11. Nemis tili
  12. Fransuz tili
  13. Tojik tili
  14. Qozoq tili
  15. Tarix
  16. Geografiya

 

? 16 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning maktab bosqichlari quyidagi mudatlarda tashkil etiladi:

➖9-sinflar uchun 15-20 sentabr kunlari;

➖10-sinflar uchun (1-bosqich) 21-25 sentabr kunlari;

➖11-sinflar uchun (2-bosqich) 26-30 sentabr kunlari.


? Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.


 ? Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtiriladi.





Maktab bosqichi tavsiya.pdf [ 154 Kb ]
Yuklash / Скачать


1
Добавлено: 14-09-2023, 06:41
0
2 768
Yuqoriga