Kasb (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlandi » BELLASHUV.UZ

Kasb (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlandi




Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalariga 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarni shaffof va yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha  yo‘riqnoma ishlab chiqildi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishda:
  • imtihonlar, avvalo, abituriyentlar salomatligini saqlash maqsadida karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishi shart;
  • Abituriyent imtihonga shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim;
  • imtihonlarga kirish va  unda ishtirok etishda  chiziqlar bilan maxsus ajratilgan ikki metrlik  oraliq masofani saqlash lozim;
  • abituriyentlar imtihonga tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplarda kiritiladi;
  • imtihonga kirish oldidan har bir abituriyentning tana harorati o‘lchanadi.  37 darajadan yuqori bo‘lgan abituriyentlar imtihonlarga qo‘yilmaydi;
  • abituriyentlar va ularning yaqinlariga ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan  hududlarga kelmaslik qa’iy tavsiya etiladi;
  • kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bino, uning hududi va auditoriyalar har kuni bir necha marotaba dezinfeksiya qilib turiladi;
  • ijodiy imtihonda bitta abitureint uchun yarim soatdan bir  soatgacha vaqt ajratiladi;
  • imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi;
  • kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi.
Mazkur yo‘riqnomaga kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida o‘qishga qabul qiluvchi barcha oliy ta’lim muassasalari amal qilishi shart..



Manba



0
Добавлено: 17-06-2020, 14:27
0
974
Yuqoriga