Kelasi yildan boshlab milliy sertifikati bor abituriyentlar matematika fanidan test topshirmaydi » BELLASHUV.UZ

Kelasi yildan boshlab milliy sertifikati bor abituriyentlar matematika fanidan test topshirmaydi




“Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:
  • har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etiladi;
  • Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi;
  • matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika taʼlim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi;
  • 2021-yil 1-yanvarga qadar matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi;
  • matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini berish o‘rnatilgan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
  • imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;
  • 2021-yil 1-sentabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi;
  • milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani o‘qituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani o‘qituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat taʼlim muassasasining joylashuviga qarab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 25 foizdan 50 foizgacha har oylik ustama haq to‘lanadi.
Manba: DTM.uz 



0
Добавлено: 13-05-2020, 05:47
0
806
Yuqoriga