Tarix fanidan diagnostika testlari (1-variant) » BELLASHUV.UZ
---

Tarix fanidan diagnostika testlari (1-variant)

Поделиться:



Hurmatli tarix fani ustozlari, shu testlarning to'g'ri javoblarini tayyorlashga yordam bersangizlar. Qaysi testning javobini bilsangiz iltimos izohlarda yozib qoldiring. RAHMAT


1. Dars jarayonida oʻquvchilar mavzuni tushunayotganligini bilish uchun oʻqituvchi dastlab nima qilishi kerak?

  1. oʻz‑oʻzini baholashini talab etish kerak

  2. qisqa test savollariga javob olish kerak

  3. savol javob usulidan foydalanishi kerak

  4. uy vazifasini tekshirishi kerak 

2. Sinf ota-onalar qo‘mitasining asosiy vazifasi …

  1. sinfni moddiy ta'minlash masalalariga ko‘maklashish

  2. o‘quvchilar ta’lim va tarbiyasi ustidan nazorat o‘rnatish va monitoring qilish

  3. sinf rahbariga bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarda yordam berish

  4. o‘quvchilarning qiziqishi va bilimga intilishini muntazam rag‘batlantirish 

3. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Bu huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida belgilangan?

  1. 40-modda

  2. 50-modda

  3. 44-modda

  4. 60-modda

4. Kompetensiyaviy taʼlim yondashuvida oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholashdan asosiy maqsadlar nimalardan iborat?

  1. taʼlimiy ehtiyojlarni aniqlash; oʻqishga boʻlgan motivatsiyani oshirish; oʻzlashtirish darajasini aniqlash

  2. taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorlash; uzviylikni taʼminlash; taʼlim mazmunini amalga oshirish

  3. sinfdan sinfga koʻchirish; oʻquvchilar bilimidagi boʻshliqlarni aniqlash; taʼlim sifatini oshirish

  4. oʻzlashtirish darajasi boʻyicha tabaqalashtirish; DTS talablarini bajarish; taʼlim sifatini oshirish

5.

O‘qituvchi sinf rahbari sifatida ota-onalar bilan ishlashda qanday vazifalarni bajaradi? 1) ota-onalarni bolalar bilan birgalikdagi faoliyatga jalb qiladi 2) oilaviy shart-sharoitlarni o‘rganadi 3) ota-onalarga ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam beradi 4) ota-onalarni maktabning o‘quv jarayoni bilan tanishtiradi 5) ota-onalarning bola tarbiyasiga oid vazifalarini o‘z zimmasiga oladi

  1. 1, 3, 4

  2. 2, 3, 5

  3. 1, 2, 4 

  4. 1, 4, 5

6. O‘qituvchi fan olimpiadasida ishtirok etish uchun kuchli o‘quvchilardan birini emas, o‘z farzandini tanladi. Ushbu holat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

  1. o‘qituvchining farzandi yuqori o‘rin egallashiga

  2. o‘quvchilar orasida nosog‘lom muhitning yaratilishiga

  3. maktab jamoasida o‘qituvchining obro‘sini ko‘tarilishiga

  4. o‘quvchilar orasida raqobatning kuchayishiga

7. Psixologik testlar.

  1. odam psixikasining sifatlari, qobiliyatlari va shaxsning taraqqiyot darajasini aniqlab beradigan standartlashtirilgan vazifalar

  2. odam psixikasini o‘rganishdagi vazifalar to‘plami

  3. tekshiruvchilarning masala yechish, vazifalarini bajarishini kuzatish

  4. psixik hodisalarni tushuntirib beruvchi usullar majmuidir

8. O‘qituvchi va o‘quvchining ijobiy psixologik muhitni yaratishga qaratilgan, darsda va darsdan tashqari jarayonlardagi o‘zaro hamkorlik nima deb ataladi?

  1. pedagogik kasbiy layoqat

  2. pedagogik tajriba

  3. pedagogik o‘zaro munosabat

  4. pedagogik faollik

9. O‘quvchini darsda faollashtirish uchun o‘qituvchi nima qilishi kerak?

  1. yuqori baho qo‘yish

  2. motivatsiyasini oshirish

  3. mustaqil ish berish

  4. yuklamani oshirish

10. Muayyan millatga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganuvchi fan:

  1. Milliy psixologiya 

  2. Sotsial psixologiya

  3. Oila psixologiyasi

  4. Etnopsixologiya

11. Quyidagi soliq va majburiyatlar qaysi davlatlarda mavjud bo‘lganini aniqlang. 1. Tutun haqi 2. Zobitona 3. Tanobona

  1. (1) – Xiva xonligi, (2) – Buxoro xonligi, (3) – Qo‘qon xonligi 

  2. (1) – Qo‘qon xonligi, (2) – Xiva xonligi, (3) – Xiva xonligi

  3. (1) – Qo‘qon xonligi, (2) – Buxoro xonligi, (3) – Buxoro amirligi

  4. (1) – Buxoro xonligi, (2) – Xiva xonligi, (3) – Buxoro amirligi

12. Eftaliylar davlati boshqaruvi haqida berilgan fikrlar ichidan faqat to‘g‘rilarini toping. 1. Eftaliylar davlati yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. 2. Taxt otadan bolaga meros qilib qoldirilgan. 3. Bu davlat qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. 4. Bu davlatda taxtga nomzodni aniqlab beradigan kengash bo‘lgan. 5. Taxtga nomzodni aniqlab beradigan kengash sulolaning mo‘tabar zotlari va saltanatning obro‘li a’yonlaridan iborat bo‘lgan. 6. Viloyatlardagi boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. 7. Viloyatlardagi mulklar hukmdor – sho(shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. 8. Viloyatdagi shohga tobe sulolalar oltin va kumush tangasini zarb qilgan.

  1. 1, 3, 4, 5, 8 

  2. 1, 4, 5, 6, 7

  3. 1, 2, 4, 5, 7 

  4. 1, 3, 5, 6, 8

13. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan “slavyanlar” atamasi ishlatila boshlagan asrda ro‘y bergan voqealarni toping. 1.Yutlar Kent viloyatini bosib oldilar. 2.Vizantiyaga slavyan qabilalarining o‘rnashishi boshlandi. 3.Vizantiya qo‘l ostidan Suriya va Misr chiqib ketdi. 4. Rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar. 5. Yevropada ikki dalali almashlab ekishga o‘tildi. 6. O‘rta Osiyoga eftaliylar bostirib kirdi. 7. Amvrosiy Avrelian hukmronlik qildi. 8. Yerga o‘z erkinligini yo‘qotgan franklar ham ishlov bera boshladilar. 9. German jamoalari boylar va kambag‘allarga ajrala boshladi.

  1. 1, 3, 4, 6 

  2. 2, 7, 8

  3. 2, 3, 9

  4. 1, 5, 7, 8 

14. Sayid Olimxon Peterburgga o‘qishga ketgan yilda quyidagi qaysi shaharda jadid maktabi ochilgan edi?

  1. Qo‘qon 

  2. Andijon 

  3. Buxoro 

  4. Toshkent

15. Quyidagi hukmdorlardan otasidan keyin taxtga o‘tirmaganlarini aniqlang. 1. Amir Haydar 2. Imomqulixon 3. Umarxon 4. Abdurahimbiy 5. Muhammad Rahimxon I 6. Eltuzar

  1. 1, 4, 6 

  2. 2, 3, 4 

  3. 2, 5, 6 

  4. 2, 3, 5

16. Qaysi yilda Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi?

  1. 1999-yil 

  2. 2003-yil 

  3. 2004-yil 

  4. 2005-yil

17. XVIII asrdan boshlab yevropaliklarning kirib kelishi qaysi davlatning azaliy an’analariga ta’sir ko‘rsatdi?

  1. Hindiston

  2. Xitoy

  3. Turkiya 

  4. Eron

18. Qaysi davlatdagi sotsialistik partiya diniy ta’limni bekor qilish uchun kurash olib borgan?

  1. Avstriya-Vengriya 

  2. Italiya 

  3. Germaniya 

  4. Argentina

19. Rossiya tomonidan quyidagi hududlarga yuklatilgan tovon pulini mos ravishda belgilang (rubl). 1. Xiva 2. Buxoro 3. Qo‘qon

  1. (1) – 2 mln 200 ming, (2) – 800 ming, (3) – 3 mln

  2. (1) – 2 mln 200 ming, (2) – 500 ming, (3) – 2 mln

  3. (1) – 2 mln, (2) – 1 mln, (3) – 3 mln

  4. (2) – 500 ming, (2) – 800 ming, (3) – 3 mln

20. Mustaqillik yillarida quyidagi qaysi allomalar tavalludining 675 yilligi (a) va 600 yilligi (b) nishonlanganini aniqlang.

  1. (a) – B. Naqshband, (b) – N. Kubro

  2. (a) – Xoja Ahror Valiy, (b) – B. Marg‘inoniy

  3. (a) – B. Naqshband, (b) – Xoja Ahror Valiy

  4. (a) – Al Moturidiy, (b) – Beruniy

21. Nechanchi yilda Kuba AQSHning ruxsatisiz birorta davlat bilan ittifoq tuzish yoki o‘zining ichki siyosatiga o‘zgartirish kiritish huquqidan mahrum etildi?

  1. 1898-yilda 

  2. 1899-yilda 

  3. 1901-yilda 

  4. 1903-yilda

22. XVI–XVIII asrlarda qaysi davlatlar o‘rtasidagi chegara hududlarda birinchi navbatda Italiyaga ta’sir etish uchun tez-tez ziddiyatlar bo‘lib turgan?

  1. Fransiya, Angliya 

  2. Fransiya, Germaniya 

  3. Germaniya, Ispaniya 

  4. Ispaniya, Fransiya

23. Xorazm hududlari bir necha mayda hokimliklarga bo‘linib ketgan asrda ... .

  1. O‘rta asrlar tarixi davri boshlandi.

  2. Xioniylar hukmronligi boshlandi.

  3. Kidariylar O‘rta Osiyo hududlariga kirib keldi.

  4. Kushon davlati parchalandi.

24. Sargon I nima maqsadda barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, og‘irlik, maydon o‘lchovini joriy qildi?

  1. Davlatni siyosiy mustahkamlash 

  2. Savdo-sotiqni rivojlantirish

  3. Soliq tushumlarini ko‘paytirish

  4. Boshqa hukmdorlardan ajralib turish 

25. Oltin O‘rda davlatida vazir va uning yetakchiligidagi devon qanday ishlarni boshqargan?

  1. Soliqlar, harbiy va moliya ishlarini

  2. Soliqlar, harbiy va savdo ishlarini

  3. Soliqlar, moliya va savdo ishlarini

  4. Soliqlar, harbiy, savdo va moliya ishlarini

26. Xorazmning Afrig‘ shohlari tomonidan zabt etilgan kumush tangalarning old va orqa tomoniga nimaning tasviri tushirilgan?

  1. Old tomoniga shoh surati, orqa tomoniga burgut surati

  2. Old tomoniga burgut surati, orqa tomoniga lochin surati

  3. Old tomoniga shoh surati, orqa tomoniga suvoriy surati

  4. Old tomoniga suvoriy surati, orqa tomoniga burgut surati

27. VIII asrdan boshlab “Poytaxt axboroti” nomli gazeta qaysi shaharda chiqa boshlagan?

  1. Rimda 

  2. Qohirada 

  3. Pekinda

  4. Damashqda

28. Qadimgi Hindistonda “shudralar” deb atalgan kastaga aholining qaysi qatlami kirgan?

  1. Hunarmand va savdogarlar

  2. Kohinlar (Hind ruhoniylari)

  3. Jangchilar (harbiylar)

  4. Xizmatkorlar va qullar

29. Qachondan boshlab Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi?

  1. Mil. av. 4-mingyillikda 

  2. Mil. av. 2-mingyillikda

  3. Mil. av. 3-mingyillikda 

  4. Mil. av. 1-mingyillikda

30. Qullikka solingan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi kimlar deb atalgan?

  1. Burlar 

  2. Mamluklar 

  3. Kazaklar 

  4. Durroniylar

31. Quyidagi qaysi voqealar orasidagi farq bir yilni tashkil etadi?

  1. Xitoyda mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi, sayyidlar sulolasi hukmronligi tugadi.

  2. Muso I Makkaga haj safari uyushtirdi, Muhammad Tug‘luq taxtga o‘tirdi.

  3. Dehli sultonligi tashkil topdi, Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilinadi.

  4. Berkaxon vafot etdi, Shamsiddin Eltutmish taxtga o‘tirdi.

32. Sun sulolasi davridagi Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlarini aniqlang.

  1. Yanchjou, Xanchjou, Kayfin 

  2. Kayfin, Chendu, Uchan

  3. Pekin, Yanchjou, Kayfin 

  4. Chendu, Shanxay, Uchan

33. Temuriylar davlatida kim “Qiblat ul-kuttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ul-xattotin” (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi?

  1. Sultonali Mashhadiy 

  2. Mahmud Muzahhib 

  3. Mirxond 

  4. Mirali Tabriziy 

34. Indoneziyada 2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozongan edi?

  1. Mahathir Muhammad 

  2. Joko Vidodo 

  3. Megavati Sukornoputri 

  4. Rodrigo Duterte

35. Qaysi olim Dekartning inson to‘g‘risidagi tasavvurlarini inkor etib, fenomenologik yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkinligini asoslab berdi?

  1. O.Roden 

  2. Z.Freyd 

  3. F.Nitsshe 

  4. R.Shtraus

36. Somoniylarning harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqchilik siyosati oqibatida ...

  1. Davlatda siyosiy inqiroz yuz berdi.

  2. Mamlakatda iqtisodiy tanglik kelib chiqdi. 

  3. Kam yerli aholidan yerlarni tortib olish holati kuchaydi. 

  4. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi yuz berdi.

37. Mesopotamiyada vujudga kelgan shahar-davlatlarda podsho davlatni kimlarga tayangan holda boshqargan?

  1. Dehqon, hunarmand va savdogarlarga 

  2. Qabila sardorlari, oqsoqol va aslzodalarga 

  3. Saroy a’yonlari, qarindoshlari va viloyat noiblari 

  4. Aslzodalar, kohinlar va harbiy qo‘shinlarga

38. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida ... dunyo sarmoyador davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi. Shoh tuzumi va mustamlakachilik zulmi xalq ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Mamlakatda noroziliklar kuchaydi.

  1. Hindiston 

  2. Eron

  3. Turkiya 

  4. Yaponiya

39. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to‘g‘rilarini aniqlang. 1. Meksikada qishloq ruhoniysi Migel Idalgoni mahalliy aholi, ayniqsa, hindular sevar edi, u hindular tilini bilar edi. 2. “Samoviy mo‘l-ko‘lchilik davlati” Yanszi viloyatida vujudga kelgan edi. 3. K. Palen – 1882–1884-yillarda Turkistonni tekshirgan imperatorning maxfiy maslahatchisi. Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan. 4. Jo‘rabek va Bobobek – Qo‘qon xonligidagi milliy ozodlik harakati yetakchilari. Ularni Skobelev boshchiligidagi qo‘shin mag‘lub etgan. 5. Buxoro amirligida muntazam qo‘shin tuzishni Amir Haydar boshlab berdi. Muntazam qo‘shin “navkariya” deb ataldi. 6. Murodxon – Amir Umarxonning o‘g‘li. 1842-yili Qo‘qon xoni bo‘lgan.

  1. 1, 3, 4 

  2. 1, 2, 5 

  3. 2, 5, 6 

  4. 2, 3, 5

40. Quyidagi qaysi hodisa slavyan xalqlari orasida Rossiya obro‘yiga putur yetkazgan?

  1. San-Stefano shartnomasining imzolanishi 

  2. Avstriya-Vengriyaning Bosniya va Gersogovinani bosib olishi 

  3. Turkiya va Serbiya urushida Turkiya qo‘lining baland kelishi 

  4. Berlin kongressining chaqirilishi

41. 2003-yili qaysi davlatda qabul qilingan konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib bergan edi?

  1. Eronda

  2. Pokistonda

  3. Turkiyada

  4. Afg‘onistonda

42. Javoblarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1. Ahamoniylar davlati tashkil topdi. 2. Dovon yuksak taraqqiy etgan davlatga aylandi. 3. O‘rta Osiyo hududida ilk tanga pullar tarqaldi.

  1. 2, 3, 1 

  2. 2, 1, 3 

  3. 1, 3, 2

  4. 3, 1, 2

43. Qaysi davr manzilgohlari insonlari har xil hunarmandchilik, to‘quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlarini yasashda va qurilish sohasida ham ulkan yutuqlarga erishdi?

  1. Neolit davri 

  2. Eneolit davri

  3. Bronza davri 

  4. Temir davri

44. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgach, O‘zbekiston XKS raisi (a) va O‘zbekiston MIQ raisi (b) lavozimlarini kimlar egallaganini aniqlang.

  1. (a) – Fayzulla Xo‘jayev, (b) – Yo‘ldosh Oxunboboyev

  2. (a) – Akmal Ikromov, (b) – Nizomiddin Xo‘jayev

  3. (a) – Fayzulla Xo‘jayev, (b) – Turor Risqulov

  4. (a) – Turor Risqulov, (b) – Abduqodir Muhiddinov

45. Yangi davrda yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi tufayli dastlab qaysi davlatlar jadal rivojlandi?

  1. Angliya va Gollandiya

  2. Portugaliya va Ispaniya

  3. Ispaniya va Gollandiya 

  4. Portugaliya va Angliya

46. Davlatga asos solmagan hukmdorni aniqlang.

  1. Kir II 

  2. Kudzula Kadfiz

  3. Demetriy

  4. Diodot

47. Amir Temur uch, besh va yetti yillik harbiy yurishlaridan so‘ng o‘z ta’sir doirasiga kiritgan hududlarni belgilang.

  1. Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya)

  2. Hindiston, Eron, Turkiya

  3. Xitoy, Turkiya, Oltin O‘rda

  4. Turkiya, Oltin O‘rda, Eron, Shom (Suriya)

48. Germaniyaning 1871-yilda qabul qilingan konstitutsiyasiga muvofiq, qaysi hudud imperiya tarkibiga “maxsus imperiya viloyati” bo‘lib kirgan?

  1. Elzas

  2. Lotaringiya

  3. Bremen

  4. Elzas va Lotaringiya

49. Quyidagi islohotlar qaysi hukmdor davriga oid ekanini aniqlang. 1. “100 moddali farmon” joriy etgan. 2. Yangi-yangi karvonsaroylar va savdo yo‘llari qurildi, muntazam qo‘shin tuzildi. 3. To‘g‘onlar, suv omborlari qurildi, ocharchilik holati uchun maxsus don omborlari tashkil qilindi.

  1. 1 – Toyotomi Hidayosi, 2 – Amir Abdurahmon, 3 – Yonchjon

  2. 1 – Yosimune Tokugava, 2 – Abbos I, 3 – Yongjo

  3. 1 – Abbos I, 2 – Abbos I, 3 – Yonchjon

  4. 1 – Oda Nabunaga, 2 – Abbos I, 3 – Yosimune Tokugava

50. Quyidagilardan eng to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

  1. Tuproqqal’a va Qo‘yqirilganqal’a bir davrga oid yodgorlik hisoblanadi.

  2. Yunonlar baqtriyaliklardan binokorlik va san’at buyumlari yasash sohalarini o‘zlashtirdilar.

  3. Mil. av. II asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan.

  4. Kushon podsholigi hududiga Hindiston, Xo‘tan, Afg‘oniston, O‘zbekistonning janubiy hududlari kirgan.



Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?