Informatika va axborot texnologiya fanidan diagnostika testlar » BELLASHUV.UZ
---

Informatika va axborot texnologiya fanidan diagnostika testlar

Поделиться:



1. Pedagogik innovatsiyaning mohiyati qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?

  1. taʼlim jarayoniga yangi pedagogik gʻoya va yondashuvlarni joriy etish

  2. taʼlim muassasalarining oʻquv rejalarini tubdan yangilash

  3. taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini zamonaviylashtirish

  4. taʼlim jarayonida oʻqitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish

2. Hamkorlik nima?

  1. maqsadga erishish uchun ikki yoki undan ko‘p kishining kelishilgan ishi

  2. ikki yoki undan ko‘p kishilarning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarini belgilashi

  3. insonlarning farzand ta’lim tarbiyasiga oid o‘zaro fikrlar almashinuvi

  4. ta’lim tarbiya jarayoni ishtirokchilarining haq huquqlarini himoya qilish

3. Qanday sababga koʻra oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi?

  1. oʻquvchilar bilimini oshirish

  2. maʼnaviy fazilatlarni shakllantirish

  3. ilmiy dunyoqarashini shakllantirish

  4. oʻquvchilarni hayotga tayyorlash

4. Hamkorlikda o‘qitish metodlari xususiyati ko‘rsatilgan javobni belgilang.

  1. O‘quvchilar umumiy topshiriq ustida ishlashadi, qarorlar qabul qilishadi.

  2. O‘quvchilar o‘qituvchi bilan ozaro muloqot qilishadi, vazifani bajarishadi.

  3. O‘quvchilar o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishadi, suhbatda ishtirok etishadi

  4. O‘quvchilar mavzuni o‘zlashtirishadi, o‘z ish natijalarini ko‘tsatishadi

5. Bu metod muammoning asosiy to‘rt jihatini yoritishga xizmat qiladi. O‘quvchilar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o‘rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish imkoniyatlarini topadi. Javoblar variantlaridan ushbu ta’rifga mos metodni ko‘rsating.

  1. “SWOT-tahlil” metodi

  2. “Debat” metodi

  3. “Qarorlar shajarasi” metodi

  4. “Aqliy hujum” metodi

6. O‘smirlarning psixik rivojlanishiga qaysi omillar salbiy ta’sir ko‘rsatadi? 1) jamiyatdagi korrupsiya 2) turli mantiqsiz kompyuter o‘yinlari 3) mintaqadagi notinchlik 4) noformal va marginal o‘smirlar guruhi 5) ijtimoiy adolatsizlik 6) iqlimning o‘zgarishi

  1. 2, 4, 5 

  2. 1, 2, 4 

  3. 3, 4, 6 

  4. 3, 5, 6

7. O‘qituvchi uyga vazifa tariqasida o‘quvchilarga kompyuterda bajariladigan mustaqil ish berib uni har bir o‘quvchi tayyorlab kelishini tayinlagan edi. Lekin sinfda 4 ta o‘quvchining kompyuteri yo‘qligi sababli ular bu topshiriqni bajara olishmadi. Ushbu holatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak?

  1. kompyuteri bor o‘quvchilarni kompyuteri yo‘q o‘quvchilarga biriktirib qo‘yishi kerak

  2. kompyuter yordamida bajariladigan topshiriqlardan voz kechishi kerak

  3. kompyuter yordamida bajariladigan topshiriqlarni maktabda bajarishi kerak

  4. bunday topshiriqlarni faqatgina kompyuteri bor o‘quvchilarga berishi kerak

8. O‘qituvchining pedagogik faoliyatini belgilaydigan hujjatlarni to‘g‘ri ko‘rsating?

  1. ta’lim sohasiga oid xalqaro me’yoriy hujjatlar

  2. davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi va o‘quv reja

  3. maktabning ichki tartibi, o‘qituvchi kodeksi

  4. maktab ustavi, kuzatuv kengashining qarori

9. Ijodiy fikrlash o‘quvchilarda qanday maqsadda shakllantiriladi?

  1. tahlil qilishga o‘rgatish

  2. muammoning yechimini topish

  3. axborotlarni saralash

  4. fikrni asoslash

10. Oʻqituvchi oʻquvchining yomon hulqi sababli uning bilimiga “2” baho qoʻydi va bu holat oʻquvchining noroziligiga sabab boʻldi. Bu vaziyatda baholashni qaysi tamoyili buzildi?

  1. ochiqlik shaffoflik

  2. adolatlilik

  3. bagʻrikenglik

  4. ishonchlilik 

11.

Rasmda ustozlar nomli jadval ma’lumotlari bilan koʻrsatilgan:

 

Ushbu SQL soʻrovi bajarilgach, chiqarilgan natijadagi “maoshi” maydonidagi qiymatlarning yigʻindisini toping: SELECT * FROM ustozlar WHERE toliq_ism LIKE '%A' AND toifasi = 'mutaxassis' LIMIT 2;

  1. 3250000

  2. 6928000

  3. 3678000

  4. 8478000

12.

Arastu ilmiy faoliyatining davomchisi sifatida mantiq ilmini rivojlantirgan markaziy osiyolik faylasufni toping.

  1. Ali Qushchi

  2. Al-Xorazmiy

  3. Mirzo Ulugʻbek

  4. Al-Forobiy

13.

Sun’iy intellekt rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan Dartmut konferensiyasida kimlar ishtirok etdi?

  1. Marvin Minskiy, Jon Makkarti, Klod Shennon

  2. Marvin Minskiy, Natan Rochester, Stiv Jobs.

  3. Natan Rochester, Klod Shennon, Stiv Vozniyak

  4. Stiv Vozniyak, Bill Geyts, Alan Tyuring

14.

Nozima 4 lik sanoq sistemasida eng katta toʻrt xonali va eng kichik uch xonali sonlarni yozdi.
Ushbu sonlarning yigʻindisini oʻnlik sanoq sistemasiga oʻtkazing.

  1. 233

  2. 255

  3. 271

  4. 300

15.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab boʻlmoqda. Bugun ta’limni rivojlantirishda istiqbolli deb qaralayotgan texnologiyani toping.

  1. elektron ta’lim texnologiyalari

  2. masofaviy ta’lim texnologiyalari

  3. smart taʻlim texnologiyalari

  4. an’anaviy ta’lim texnologiyalari

16.

 E6 katakchasida =ЗНАК(СРЗНАЧ(СЧЁТЕСЛИ(A1:D2; ">0"); A5:B5)) koʻrinishida formula mavjud:

Jadvalda berilgan ma’lumotlardan foydalanib E6 katakchadagi formula natijasini toping.

  1. 0

  2. 4

  3. -1

  4. 1

17.

Moslikni oʻrnating:

1) IDLE 2) Interfaol muhit 3) Operator

a) Dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasini koʻrish muhiti b) Dasturlash tili buyruqlari c) Integrallashgan dasturlash va oʻrganish muhiti

  1. 1 a, 2 b, 3 c.

  2. 1 c, 2 b, 3 a.

  3. 1 b, 2 a, 3 c.

  4. 1 c, 2 a, 3 b

18. Modem turlari berilgan qatorni toping.

  1. Tashqi modem, barabanli modem

  2. Ichki modem, modul

  3. Tashqi modem, ichki modem

  4. Ichki modem, planshetli modem

19.

MS Excel. Quyidagi formula natijasi 25 ga teng boʻlishi uchun B2 katakchaga kiritilishi kerak boʻlgan qiymatni aniqlang:

=ЕСЛИ(ИЛИ(A1+B1<=B2; A1-A2=B1); A1*B2-A2; B1*B2+A2)

  1. -4

  2. 5

  3. 8

  4. 9

20.

HTML. <form> tegi veb sahifada qanday aks etadi?

  1. Matn kiritish maydonini hosil qiladi

  2. Tartiblangan va tartiblanmagan roʻyxat hosil qiladi

  3. Hech qanday grafik koʻrinish aks ettirmaydi, u matn uchun konteyner vazifasini bajaradi

  4. Foydalanuvchiga vebserverga ma’lumot yuborish imkonini beruvchi interaktiv boshqaruv elementlarini oʻz ichiga olgan hujjat boʻlimini ifodalaydi

21. HTML. Veb sahifa fon qismiga rang oʻrnatuvchi kodni toping.

  1. <body background-color = yellow> </body>

  2. <background color=yellow> </background>

  3. <body style=background-color: yellow;>

  4. <background-color> yellow </background-color>

22. Dastur natijasini aniqlang:

  1. Natija: 10

  2. Natija: 1357911

  3. Natija: 2

  4. Natija: 8

23.

HTML. Jadval va uning elementlarini hosil qilishda qoʻllanadigan asosiy teglarni toping.

  1. <p> , <tr>, <th>, <td>

  2. <h1>, <input>, <td>, <table>

  3. <th>, <table>, <td>, <tr>

  4. <a>, <table>, <td>, <tr>

24. MS Excel. A1 katakchadagi =$C$2*$D$7-$B$5 formulaning D1 katakchaga nusxasi qaysi javobda toʻgʻri berilgan?

  1. =P$2*Q10-$B8

  2. =$C$2*$D$7-$B$5

  3. =N$2*O11-$B9

  4. =N$2*O11-$B9

25.

Alisher ikkita oddiy kasrning umumiy maxrajini topish algoritmini tuzdi. Biroq u barcha kasrlar uchun toʻgʻri natija chiqarmayapti. Bunda algoritmning qaysi xossasi bajarilmayapti?

  1. aniqlilik

  2. diskretlilik

  3. ommaviylik

  4. natijaviylik

26.

MS Access dasturida ma’lumotlar bazasi uchun maxsus ilova qaysi standart dasturlash tili orqali yaratiladi?

  1. Visual C++

  2. Visual Basic

  3. Java

  4. Python

27.

Ushbu ifodaning qiymati ROST boʻlishi uchun X ning oʻrniga qoʻyish mumkin boʻlgan sonni aniqlang: (X > 1) AND (X < 3)

  1. 1

  2. 3

  3. 2

  4. 4

28. D4 katakchasida =C1*$B$2+C3 koʻrinishida formula mavjud va natija 12 ga teng:   D4 katakchadagi formulani B5 katakchasiga koʻchirgandagi natijani toping.  

  1. 9

  2. 18

  3. 3

  4. -12

29. Binar sonlarda berilgan ushbu axborot hajmini aniqlang: 00100111101100010101111001000111100100010000100001000111

  1. 56 bayt

  2. 7 bayt

  3. 28 bayt

  4. 64 bayt

30. HTML. Tartiblangan (raqamlangan) roʻyxat hosil qilish uchun qaysi teg ishlatiladi?

  1. <list>

  2. <ol>

  3. <dl>

  4. <ul>

31.

MS Word dasturida jadvalning belgilangan satri yoki ustuni ichidagi yozuvlar klaviatura orqali qanday oʻchiriladi?

  1. BACKSPACE klavishasini bosish orqali

  2. ALT+DELETE klavishlar kombinatsiyasini bosish orqali

  3. ENTER klavishasini bosish orqali

  4. DELETE klavishasini bosish orqali

32. Axborot oʻlchov birliklari orasidan eng katta va eng kichigini toping: 1. TB (tera bayt) 2. GB (giga bayt) 3. PB (peta bayt) 4. ZB (zeta bayt) 5. EB (ekza bayt)

  1. 3, 2

  2. 5, 2

  3. 4, 2

  4. 1, 2

33.

Internetda joylashgan vebsaytning joriy sahifasi kompyuter xotirasiga qanday saqlanadi?

  1. Ctrl+S tugmalari yordamida

  2. Saqlashning iloji yoʻq

  3. Faqat Unix tizimida saqlash mumkin

  4. Faqat Google Chrome brauzeri yordamida saqlash mumkin

34.

HTML. H2O kabi matnning indeksida va x3+y2 kabi darajada yozish uchun mos ravishda qaysi teglar qoʻllanadi?

  1. Indeksda yozish uchun <sup>, darajada <sub>

  2. Indeksda yozish uchun <sub>, darajada <sup>

  3. Indeksda yozish uchun <ol>, darajada <ul>

  4. Indeksda yozish uchun <pre>, darajada <br>

35. Agar a=12, b=3 boʻlsa, ushbu dastur qismi qanday natija chiqaradi:

  1. 0 3 6 9 12

  2. 0 3 6 9

  3. 1 2 4 5 7 8 10 11

  4. 0

36. MS Excel. C3 katakchadagi =$D4*E$6+D$7 formulaning J8 katakchaga nusxasi qaysi javobda toʻgʻri berilgan? 

  1. =$D9*L$6+K$7

  2. =K$4*L12+K$7

  3. =$D9*K$6+J$7

  4. =D$4*L11+K$7

37.

Nuqtalar oʻrnini toʻldiring:

... – soʻzma-soʻz tarjimasi “qayd yozuvi”, foydalanuvchining kompyuter xotirasida saqlanadigan tavsifi. Odatda u foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nomi, paroli, huquqlari va uy katalogining nomidan (agarda mavjud boʻlsa) tarkib topadi.

  1. Forum

  2. Akkaunt

  3. Administrator

  4. Hosting

38.

Quyida berilgan atamalarni ta’rifi bilan toʻgʻri moslik hosil qilingan javobni belgilang.

1) Hardware 2) Software 3) Brainware

a) Dasturiy taʻminot b) Aqliy ta’minot c) Texnik ta’minot

  1. 1 a, 2 b, 3 c

  2. 1 c, 2 b, 3 a

  3. 1 b, 2 a, 3 c

  4. I c, 2 a, 3 b

39. HTML. Quyidagilardan qaysi birida C harfi bilan boshlanuvchi tartiblangan roʻyxat hosil qilish koʻrsatilgan?

  1. <ol type="A" start=3>

  2. <ol type="A" begin="C">

  3. <ul type="A" start=3>

  4. <ul type="C" start=1>

40. Quyidagi teglarning qaysi birida yozilgan matn odatiy holatda qalin() koʻrinishda boʻladi?

  1. <li>, <b>, <h1>, <u>

  2. <h4>, <p>, <h6>, <ol>

  3. <h1>, <th>, <b>, <strong>

  4. <h1>, <h2>, <h3>, <p>

41. Ali kub shaklidagi akvariumning eni 23(4) ekanligini aniqladi. Aliga Akvarium suv sigʻimini oʻn oltilik sanoq sistemasida topishga yordam bering.

  1. 53A(16)

  2. 533(16)

  3. 1331(16)

  4. 13B1(16)

42. Ushbu HTML kodi orqali hosil qilingan jadvaldagi birlashtirilmagan kataklardagi sonlar yigʻindisiga barcha kataklar sonining koʻpaytmasini aniqlang: <table> <tr> <td> 7 </td> <td> 8 </td> <td> 6 </td> <td rowspan="2"> 16 </td> </tr> <tr> <td colspan="2"> 18 </td> <td> 9 </td> </tr> </table>

  1. 156

  2. 204

  3. 170

  4. 180

43. <table> tegining border atributi qanday vazifani bajaradi?

  1. Jadvalning sahifa kengligi boʻylab joylashuvini aniqlaydi

  2. Yacheykalarni ajratib turgan chiziq turini aniqlaydi

  3. Jadval chizigʻining rangini aniqlaydi

  4. Jadval ramkasining qalinligini aniqlaydi

44. Ushbu berilgan dasturda a = 24, b = 64 boʻlganda ekranga chiqadigan natijani toping:

  1. Natija: 24

  2. Natija: 192

  3. Natija: 64

  4. Natija: 8

45. Quyidagilardan qaysi birida F harfi bilan boshlanuvchi tartiblangan roʻyxat hosil qilish koʻrsatilgan?

  1. <ol type="A" start=6>

  2. <ol type="A" begin=F>

  3. <ul type="A" start=5>

  4. <ul type="A" start=F>

46. HTML. Quyida berilgan teglardan qaysi biri juft teg emas?

  1. <hr>

  2. <h1>

  3. <b>

  4. <th>

47. Quyida berilgan sonlarni kamayish tartibida joylashtiring: 1) 307(8) 2) D3(16) 3) 11001011(2)

  1. 1, 3, 2

  2. 1, 2, 3

  3. 2, 3, 1

  4. 3, 1, 2

48. Quyida berilgan sonlarni oʻsish tartibida joylashtiring: 1) 10011100(2) 2) 9F(16) 3) 222(8)

  1. 3, 1, 2

  2. 2, 3, 1

  3. 1, 2, 3

  4. 3, 2, 1

49. HTML. Qaysi teg yordamida jadvalning qatorlari hosil qilinadi?

  1. <th>

  2. <td>

  3. <tr>

  4. <row>

50. Dastur natijasini aniqlang:

  1. 120

  2. 720

  3. 1 2 6 24 720

  4. 1 2 6 24 120


Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?