Geografiya o'qituvchilari uchun diagnostika testi (3-variant) » BELLASHUV.UZ
---

Geografiya o'qituvchilari uchun diagnostika testi (3-variant)

Поделиться:



1. 10-sinf o‘quvchisining ota-onalari sizning oldingizga kelishdi. Ular 3-chorak yakuni bo‘yicha siz qo‘ygan bahodan norozi. Ular bu bahoni xaqqoniy qo‘yilmagan deb hisoblashadi, sizni adolatsizlikda ayblashadi. Sizning xatti-harakatingiz nimalardan iborat bo‘lishi kerak? 1) o‘zimni xotirjam tutaman, suhbatni o‘z qo‘limga olaman. 2) ota-onani tinchlantirishga harakat qilaman, o‘quvchi haqida yaxshi fikrlar aytaman. 3) men keyingi chorakda darsdan keyin qo‘shimcha darslar o‘tib, yordam berishni taklif qilaman 4) chorak davomida bolaning qanday o‘qiganligi, qanday qiyinchilik va muammolarga to‘qnash kelgani va biz birgalikda qanday qilib vaziyatdan chiqqanimizni aytib beraman. 5) Ota-onalardan qanday takliflari borligini, mening o‘rnimda nima qilishini va o‘zi nima qilishga tayyorligini so‘rayman, keyin biz hamkorlikdagi harakatlar rejasini tuzib olamiz.

  • 1, 4, 5 

  • 2, 3, 4

  • 1, 3, 5 

  • 2, 4, 5

2. Oʻqituvchi oʻquvchilarga matn mazmunini tushunishga yordam beradigan savollar tuzish va umumlashtirishdan foydalanishni oʻrgatdi. Keyin oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻrganganlari asosida matnni muhokama qilishni taklif qildi. Oʻqituvchi muhokama jarayonini kuzatdi va faqat kerak boʻlgandagina maslahatlar berdi. Ushbu yondashuv quyidagi maqsadlarning qaysi biriga erishishda eng samarali boʻlishi mumkin?

  • oʻquvchilarning individual taʼlim uslublarini hisobga olish

  • mustaqil boʻlish, oʻqish va oʻrganish uchun javobgarlikni oshirish

  • oʻquvchilarning ifodali oʻqish malakalarini shakllantirish

  • muloqot jarayonida oʻquvchilarning oʻz tengdoshlaridankoʻmak olishi 

3.

Sinfdagi oʻquvchilar soni 40dan oshiq va sinf xonasining oʻlchamlari esa oʻquvchilarni sinfda erkin harakatlanishi va partalarni turli shaklda joylashtirish imkonini bermaydi. Oʻquvchilarning oʻzaro faol ishlashi, bir birlari bilan fikr almashishlari va barcha oʻquvchilarni jalb etish uchun siz qanday yoʻl tutasiz?

  • oʻquvchilarni kichik guruhlarga birlashtiraman va har bir oʻquvchi faol ishtirok etishini taʼminlayman

  • oʻquvchilar “P” shaklida joylashtiriladi va munozara (diskussiya) usulidan foydalanaman

  • oʻquvchilar doira/yarim doira shaklida joylashtiriladi, har bir oʻquvchi oʻzining fikrlarini bildiradi

  • partadosh oʻquvchilar oʻzaro fikr almashadilar, keyin esa orqa oldi juftliklar oʻzaro javoblarini solishtiradilar 

4.

Hamkasblaringizdan biri oʻquvchilarning oʻzida kechayotgan kognitiv jarayonlarini tahlil qila olish koʻnikmasini rivojlantirishni rejalashtirgan. Oʻquvchilarda ushbu koʻnikmani shakllantirishda siz hamkasbingizga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?

  • oʻquvchilarga mustaqil ravishda oʻzlashtirish natijalarini doimiy belgilab borishlarini oʻrgatish

  • oʻz oʻzini baholash orqali oʻzida qanday koʻnikmalar qay darajada shakllanayotganligini tekshirib borish

  • imkon qadar oʻquvchiga uning kognitiv jarayonlari haqida maʼlumot berib borish

  • dars soʻngida doimiy ravishda baholashni amalga oshirib borish

5. Noan’anaviy dars turlari ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.

  • o‘tilgan materiallarni mustahkamlash, kirish darsi

  • integratsiyalashgan, aralash dars

  • yangi bilimlarni bayon qilish, nazorat darsi

  • dars-ekskursiya, auksion-dars 

6. Muayyan millatga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganuvchi fan:

  • Milliy psixologiya 

  • Sotsial psixologiya

  • Oila psixologiyasi

  • Etnopsixologiya

7. Oʻqituvchi oʻquvchining yomon hulqi sababli uning bilimiga “2” baho qoʻydi va bu holat oʻquvchining noroziligiga sabab boʻldi. Bu vaziyatda baholashni qaysi tamoyili buzildi?

  • ochiqlik shaffoflik

  • adolatlilik

  • bagʻrikenglik

  • ishonchlilik 

8. Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni javobini o‘z-o‘ziga baholash uchun imkoniyat berdi. Bu bilan u o‘quvchilarda qanday ko‘nikmalarni shakllantirmoqchi bo‘ldi? 1) tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini 2) tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini 3) ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini 4) mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini 5) ko‘rgazmali fikrlash ko‘nikmalarini

  • 1,2; 

  • 3,4; 

  • 4,5; 

  • 3,5.

9. O‘qituvchi doskada yozayotganida imlo xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning xatosiga bir nechta o‘quvchilar kulishdi. Buning natijasida o‘qituvchi asabiylasha boshladi va o‘quvchilarga qo‘pol muomalada bo‘ldi. Sizningcha, o‘qituvchi ushbu vaziyatda o‘zini qanday tutishi kerak edi?

  • vaziyatga sovuqqonlik bilan yondashib, kulgan o‘quvchilarni o‘rnidan turg‘azishi va ularga nisbatan jazo choralarini Qo‘llashi kerak

  • o‘quvchilar bilan xato ustida birgalikda kulib, “xato qilish hammaga xos, ammo uni tan olib tuzatish mardlik”. ‑ deb aytishi kerak

  • o‘qituvchi doskaga xatoni o‘quvchi-larning ziyrakligi va savodxonligini ataylab sinash maqsadida yozganini aytishi kerak

  • o‘quvchilarning bunday xulqiga nisbatan ularning kundaliklariga e’tirozlarini bildirib, ota‑onalarning e’tiborini qaratishi kerak

10. O‘qituvchining ma’naviy qiyofasini ifodalovchi sifatlarni ko‘rsating.

  • ijodkorlik, bilimlilik, intiluvchanlik

  • kamtarlik, insonparvarlik, sofdillik

  • yetakchilik, maslakdoshlik, boshqaruvchilik

  • professionallik, tirishqoqlik, tadqiqotchilik

11. O‘rta Osiyo o‘lkasida qanchaga yaqin o‘simlik turi bor?

  • 9000 ga yaqin

  • 15000 ga yaqin

  • 11000 ga yaqin 

  • 21000 ga yaqin 

12. Quruqlik suvlari umumiy gidrosfera suvlarining necha foizini tashkil qiladi?

  • 0.055

  • 0.076

  • 0.035

  • 0.082

13. O‘rta Osiyo daryolari to‘yinishiga qarab nechta guruhga bo‘linadi?

  • 4 ta 

  • 3 ta 

  • 5 ta 

  • 6 ta 

14. . Yer sharidagi eng balandda joylashgan ko‘lni toping?

  • Titikaka

  • Tanganika

  • Marakaybo 

  • Michigan

15. Olimlarning fikricha Yer ichiga chuqur tushgan sari harorat har 1000 metrda qancha gradusga ko‘tariladi?

  • 43 °C

  • 33 °C

  • 25 °C

  • 30 °C

16. Atlantika okeani shimoldan janubga qancha masofaga cho‘zilgan?

  • 12 ming km

  • 17 ming km

  • 15 ming km

  • 11 ming km

17. . Geografik xaritalarda 0-200 metrgacha bo‘lgan pasttekisliklar qanday rangda beriladi?

  • to‘q jigarrangda

  • sariq rangda 

  • jigarrangda

  • yashil rangda 

18. Atmosfera quyi qatlami–troposferaning katta hududlar ustidagi bir-biridan farq qiluvchi katta ko‘lamdagi to‘plamlari nima deyiladi?

  • havo massalari

  • havo frontlari

  • siklonlar 

  • antisiklonlar

19. Quyidagilardan muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolarni toping?

  • Murg‘ob, Tajan, Atrek, G‘uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, To‘rg‘ay daryolari

  • Ohangaron, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar

  • Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv

  • Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo, Tarim

20. Azimutlar necha gradusgacha soat mili yo’nalishi bo’yicha o’lchanadi?

  • 0 dan 270 gradusgacha

  • 0 dan 180 gradusgacha

  • 0 dan 360 gradusgacha 

  • 90 dan 360 gradusgacha 

21. Sayyoralarning yulduzlardan farqi nimada?

  • Ular nur sochmaydi, Quyoshdan keladigan nurni qaytaradi

  • Ularning yo‘ldoshlari bo‘lmaydi, Yer orbitasining ichki qismida bo‘ladi

  • Ular nur sochadi va o‘z o‘rinlarini tez-tez almashtirib turadi

  • Ular Quyoshning tortishish kuchi ta’sirida doimiy nur sochib turadi 

22. Sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi ekinlari, transport yo‘llari qanday xaritalarda tasvirlanadi?

  • ijtimoiy-ma’muriy geografik xaritalarda

  • siyosiy-ijtimoiy geografik xaritalarda 

  • siyosiy-ma’muriy geografik xaritalarda 

  • ijtimoiy-iqtisodiy geografik xaritalarda 

23. “Fiat” avtomobil korxonasi qaysi davlatga joylashgan?

  • GFR

  • Shvetsiya

  • Italiya

  • Chexiya

24. Bir tomonga esadigan shamollar ta’sirida okean suvining necha metrgacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi?

  • 1800 m

  • 1500 m

  • 1900 m 

  • 1100 m

25. Fransiya, Vengriya, Ruminiya, Norvegiya, Islandiya – bu davlatlar uchun xos bo‘lgan xususiyati qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

  • qora metallurgiya rivojlangan

  • bu davlatlar hududlarida 80 dan ortiq AESlar bor

  • alyuminiy sanoati rivojlangan

  • mis sanoati rivojlangan

26. Geveya nima?

  • sholi o‘simligi

  • paxta daraxti

  • tabiiy kauchuk

  • sun’iy tola

27. O‘zbekiston Respublikasi yer maydonining kattaligi jihatidan dunyo mamlakatlari orasida nechanchi o‘rinni egallaydi?

  • 53 o‘rinni

  • 45 o‘rinni

  • 55 o‘rinni

  • 58 o‘rinni

28. Antarktika (janubiy sovuq o‘lka)ning maydoni qanchaga teng?

  • 42,5 mln kv km

  • 63,5 mln kv km

  • 38,5 mln kv km

  • 52,5 mln kv km

29. O‘zbekistonning tekislik va tog‘lik qismida bir yilda necha kun yog‘inli bo‘ladi?

  • tekislik qismida 25-30 kun, tog‘larda 80-85 kun

  • tekislik qismida 35-40 kun, tog‘larda 70-90 kun

  • tekislik qismida 20-30 kun, tog‘larda 60-75 kun

  • tekislik qismida 30-445 kun, tog‘larda 80-90 kun

30. Quyidagilar orasidan Buxoro shahriga xos xususiyatlarni toping? 1. "O‘zbekto‘qimachilikmash" birlashmasining korxonasi bor 2. temir-beton ishlab chiqaradi 3. shahar atrofida kumush konlari topildi 4. silikat bloklari ishlab chiqaradi

  • 2, 3, 4

  • 3 va 4

  • 2 va 4

  • 1 va 3

31. Yevropa qit’asidagi qaysi davlatlar to‘liq orollarda joylashgan?

  • Litva, Norvegiya, Italiya, Finlandiya

  • Ispaniya, Fransiya, Shvetsiya, Portugaliya

  • Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya, Malta

  • Vengriya, Daniya, Ruminiya, Shvetsariya

32. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi nechta pog‘onadan tashkil topgan?

  • 5 ta

  • 4 ta

  • 3 ta

  • 1 ta

33. O‘zbekistonda mavjud ishlatilayotgan suvlarning necha foizi sug‘orishga sarflanadi.

  • 90,1 foizi

  • 80,5 foizi 

  • 75,6 foizi 

  • 83,3 foizi

34. Induizm dini keng tarqalgan davlatni toping?

  • Nepal

  • Mangoliya

  • Butan

  • Myanma

35. Buyuk Turkmanboshi cho‘qqisi O‘zbekiston hududida qanday nomlanadi?

  • Ayribobo

  • G‘alaba

  • Zarkosa

  • Xontangri

36. Janubiy yarim sharning o‘rta kengliklarida joylashgan qaysi davlatlar asosiy bug‘doy ekiladigan hudud hisoblanadi?

  • Avstraliya, Argentina, Braziliya

  • JAR, Paragvay, Namibiya

  • Chili, Yangi Kaledoniya, Botsvana

  • Urugvay, Zimbabve, Madagaskar

37. G‘arbiy Yevropadagi qaysi davlat kaliy tuzlari koni bilan mashhur hisoblanadi?

  • Belgiya

  • Germaniya

  • Fransiya

  • Buyuk Britaniya

38. O‘zbekiston daryolari energiya resurslari jihatidan O‘rta Osiyoda nechanchi o‘rinda turadi?

  • 6

  • 4

  • 5

  • 3

39. Turli xil yoqilg‘ilarni qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energiyaga hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish nisbatiga nima deyiladi?

  • yoqilg‘i-energetika balansi

  • issiqlik -energetika balansi

  • shartli yoqilg‘i

  • shartli energetika

40. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni toping: ..... – biologik xilma-xillikni saqlash va bir vaqtda mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabiiy va madaniy landshaftlar muhofaza qilinadigan joy?

  • biosfera rezervati

  • qo‘riqxona

  • milliy bog‘

  • buyurtmaxona

41. 1498-yilda Afrikani aylanib o‘tib, Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochgan sayyoh?

  • Xristofor Kolumb

  • Vasko da Gama

  • Fernan Magellan

  • Nikitin

42. Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari qaysi viloyat atroflarini o‘rab olgan?

  • Jizzax

  • Sirdaryo

  • Qashqadaryo

  • Samarqand

43. AQSh ning qaysi shtatida yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish joylari bor?

  • Montana

  • Nevada

  • Texas

  • Kaliforniya

44. Yer o‘z o‘qi atrofida aylanganda aylanish o‘qi orbita tekisligiga nisbatan necha gradus burchak hosil qiladi?

  • 65,5˚ 

  • 56,5˚ 

  • 23,5˚

  • 66,5˚

45. Qaysi iqtisodiy geografik rayonning maydoni O‘zbekiston maydonining qariyb 10 foiziga teng?

  • Quyi Amudaryo

  • Mirzacho‘l

  • Zarafshon

  • Janubiy

46. 2012-yilda uzunligi 116 km bo‘lgan qaysi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi?

  • Guliston-Ohangaron

  • Bekobod-Xovos

  • Qarshi-Kitob

  • Toshkent-Samarqand

47. Quyosh sistemasi Galaktika markazi atrofida qancha tezlik bilan harakatlanadi?

  • 180-240 km/s

  • 230-250 km/s

  • 200-220 km/s

  • 150-180 km/s

48. Sharg‘un ko‘mir koni qaysi tumanda joylashgan?

  • Oltinsoy

  • Uzun

  • Sherobod

  • Sariosiyo

49. Kumtor oltin koni qaysi davlat hududida joylashgan?

  • Avstraliya

  • Qirg‘iziston

  • AQSh

  • Turkiya

50. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 90% ga yaqinini nima beradi?

  • GES

  • IES

  • AES

  • Quyosh energiyasi


Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?