Geografiya o'qituvchilari uchun diagnostika testi (2-variant) » BELLASHUV.UZ
---

Geografiya o'qituvchilari uchun diagnostika testi (2-variant)

Поделиться:



1. Anʼanaviy va kompetensiyaviy taʼlim yondashuvlarining oʻzaro farqlari nimalardan iborat?

  • anʼanaviy taʼlim yondashuvi bilim va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan; Kompetensiyaviy taʼlim yondashuvi fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan

  • ) anʼanaviy taʼlim yondashuvi fanga oid bilimlarni shakllantirishga qaratilgan; Kompetensiyaviy taʼlim yondashuvi fanga oid bilim va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan

  • anʼanaviy taʼlim yondashuvi bilim, koʻnikma va malakalarni va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan; Kompetensiyaviy taʼlim yondashuvi STEAM yoʻnalishidagi bilim va kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan

  • ) anʼanaviy taʼlim yondashuvi oʻquvchi shaxsining sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan; Kompetensiyaviy taʼlim yondashuvi xalqaro baholash dasturlari talablariga mos keltirishga qaratilgan

2. Oila vakillari o‘rtasida tajriba almashinuvi, amaliy mashqlar bilan mustahkamlanadigan nazariy ma'lumotlar, shuningdek, amalga oshirilgan loyiha ishi natijalari bilan o‘rtoqlashishga qaratilgan, interfaol metodlar asosida tashkil etiladigan ta’limiy-ma’rifiy tadbir nima deb ataladi?

  • ota-onalar yig‘ilishi

  • davra suhbati

  • seminar

  • ochiq eshiklar kuni

3. O‘qituvchining ota-onalar bilan muloqoti nimaga asoslangan?

  • o‘zaro hurmatga

  • shaxslararo munosabatga

  • munozara yuritishga

  • bilim va tajribaga

4. Noverbal muloqat vositalariga nimalar kiradi?

  • tana harakati, imo-ishora, yuz ifodasi

  • ovoz balandligi, ohang, nutq tezligi

  • muloqot masofasi, xis-tuygʻu, soʻzlar

  • axborot uzatish, munosabatlar, nutq

5. Sinfdagi partalar joylashuvining quyidagi sxemalaridan qaysi biri oʻquvchilarning oʻzaro hamkorlik qilish imkonini BERMAYDI?

  • doira/yarim doira shaklda joylashishi

  • “P” sxema asosida joylashishi

  • oʻquvchilarning har biri alohida oʻtirishi

  • juftlikda oʻtirish shaklida joylashishi

6. Yuqori tashkilotdan 36 soatli malaka oshirish o‘quv kursida o‘qish uchun ixtiyoriy ravishda qatnashish bo‘yicha taklif berildi. Unga birinchilar qatorida kimlar rozilik bildiradi?

  • kundalik ishdan charchagan va biroz dam olmoqchi bo‘lganlar

  • katta tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar

  • muhitni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar

  • kasbiy o‘sishi va rivojlanishini o‘ylaydiganlar 

7. O‘quvchini darsda faollashtirish uchun o‘qituvchi nima qilishi kerak?

  • yuqori baho qo‘yish

  • motivatsiyasini oshirish

  • mustaqil ish berish

  • yuklamani oshirish

8. O‘qituvchi o‘quvchilarga qaysi jihatlari bilan namuna bo‘la oladi? 1) o‘zini tutishi va xatti-harakati bilan 2) repetitorlik faoliyati bilan 3) o‘zining ma’naviy dunyosi bilan 4) o‘zining ijtimoiy kelib chiqishi bilan 5) o‘z bilimini doimiy oshirib borishi bilan 6) moddiy ta’minlanganligi bilan

  • 1, 3, 5 

  • 1, 4, 5 

  • 2, 4, 6

  • 2, 3, 6 

9. Ilk bolalik davri necha yosh hisoblanadi?

  • 1-2 yosh

  • 3-7 yosh

  • 5-7 yosh

  • 2-6 yosh

10. Flegmatik temperamentga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) qiziqqon 2) bosiq 3) jo‘shqin 4) xotirjam 5) qo‘rqoq 6) faol 7) passiv 8) kam gap 9) quvnoq 10) tezkor

  • 2,4,8; 

  • 1,3,5; 

  • 6,7,10; 

  • 1,6,10.

11. Maktab o‘quv globuslari qanday masshtablarda tayyorlanadi?

  • 1:50 000 000, 1:80 000 000, 1:450 000 000, 1:35 000 000

  • 1:93 000 000, 1:60 000 000, 1:25 000 000, 1:20 000 000

  • 1:83 000 000, 1:50 000 000, 1:40 000 000, 1:30 000 000

  • 1:55 000 000, 1:65 000 000, 1:60 000 000, 1:90 000 000

12. Kim birinchi bo‘lib Panama bo‘ynidan o‘tib, Tinch okeanini ko‘rgan va unga Janubiy okean deb nom bergan?

  • Ispaniyalik sayyoh F. Magellan 1520-1521-yillarda

  • Ispaniyalik sayyoh V. Balboa 1513-yilda 

  • Rus sayyohlari V. Bering va A.I. Chirikovlar 1741-yilda

  • Fransiyalik sayyoh Jak Iv Kusto 1896-yilda

13. Dengizlar o‘zining geografik o‘rni va havzalarining xususiyatiga qarab necha turga bo‘linadi?

  • 4 turga: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3) chekka dengizlar; 4) o‘rta dengizlar

  • 3 turga: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3) qo’shni dengizlar

  • 3 turga: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3) o‘rta dengizlar.

  • 3 turga: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3) chekka dengizlar.

14. Atmosfera quyi qatlami–troposferaning katta hududlar ustidagi bir-biridan farq qiluvchi katta ko‘lamdagi to‘plamlari nima deyiladi?

  • havo massalari

  • havo frontlari

  • siklonlar 

  • antisiklonlar

15. Sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi ekinlari, transport yo‘llari qanday xaritalarda tasvirlanadi?

  • ijtimoiy-ma’muriy geografik xaritalarda

  • siyosiy-ijtimoiy geografik xaritalarda 

  • siyosiy-ma’muriy geografik xaritalarda 

  • ijtimoiy-iqtisodiy geografik xaritalarda 

16. Quyidagi masshtab turining nomini aniqlang? 1 sm da 1 km _______?

  • sonli masshtab

  • chiziqli masshtab

  • nomli masshtab 

  • grafikli masshtab

17. O‘rta Osiyo hududi nechta iqlimiy kichik o‘lkaga ajratiladi?

  • 2 ta, 1) Qirg‘iziston iqlimi; 2) Turkiston iqlimi

  • 2 ta, 1) Qozog‘iston iqlimi; 2) Turon iqlimi

  • 2 ta, 1) Qozog‘iston iqlimi; 2) Turkman-Xuroson iqlimi 

  • 2 ta, 1) Janubiy Tyanshan iqlimi; 2) G‘arbiy Tyanshan iqlimi

18. O‘rta Osiyo tabiiy o‘lkasining shimoliy chekka nuqtasini aniqlang?

  • 53,8° shimoliy kenglikda, Ayirtov yaqinida.

  • 64,2° shimoliy kenglikda, Kishkeneko‘l yaqinida.

  • 56,6° shimoliy kenglikda, Tobil daryosi vodiysida.

  • 51,2° shimoliy kenglikda, Esil daryosining quyi oqimida.

19. Masshtablar necha xil ko‘rinishda bo‘ladi?

  • 3 xil, nomli, sonli, chiziqli

  • 3 xil, nomli, sonli, grafikli

  • 4 xil, nomli, sonli, chiziqli, o‘lchamli

  • 3 xil, sonli, chiziqli, rasml

20. Avstraliya materigi ichki suvlarining necha foiz maydoni oqmas ichki berk havzaga, Tinch okean va Hind okeani havzasiga qaraydi?

  • 60 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi

  • 40 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 11 % i Tinch okean va 49 % i Hind okeani havzasiga qaraydi

  • 70 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 23 % i Hind okeani havzasiga qaraydi

  • 35 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 16 % i Tinch okean va 49 % i Hind okeani havzasiga qaraydi.

21. . Geografik xaritalarda 0-200 metrgacha bo‘lgan pasttekisliklar qanday rangda beriladi?

  • to‘q jigarrangda

  • sariq rangda 

  • jigarrangda

  • yashil rangda 

22. Quyoshning yozgi turish kuni (22-iyun) kun va tun qanday o‘zgaradi?

  • Quyosh ufq ustida eng baland ko‘tarilganligi uchun tun deyarli kuzatilmaydi

  • Quyosh shimoliy yarim sharda ufq ustida eng baland ko‘tarilganligi uchun kun va tun tenglashadi.

  • Quyosh shimoliy yarim sharda ufq ustida eng baland ko‘tarilganligi uchun kun uzun, tun qisqa bo‘ladi.

  • Quyosh shimoliy yarim sharda ufq ustida eng baland ko‘tarilganligi uchun kun qisqa, tun uzun bo‘ladi.

23. O‘zbekistonda mavjud ishlatilayotgan suvlarning necha foizi sug‘orishga sarflanadi.

  • 90,1 foizi

  • 80,5 foizi 

  • 75,6 foizi 

  • 83,3 foizi

24. O‘zbekistonning tekislik qismida iyulda o‘rtacha harorat necha gradusga yetadi?

  • +26 +30°C

  • +20 +25°C

  • +16 +20°C

  • +32 +35°C

25. Bug‘ichilik bo‘yicha jahonning qaysi davlatlari etakchilik qiladi?

  • Skandinaviya, Buyuk Britaniya, Daniya

  • Italiya, Meksika, Braziliya

  • Xitoy, Yaponiya, Ispaniya

  • Rossiya, Kanada, AQSh

26. Glyatsiologiya fani nimani o‘rganadi?

  • qor va muzlarni tadqiq etadi

  • ko‘p yillik muzloq yerlarni

  • gidrosferani tuzilishini

  • tirik organizmlarni

27. Jahon go‘sht mahsulotlarining 40% dan ortig‘ini tayyorlab beruvchi tarmoq qaysi?

  • qo‘ychilik

  • parranda

  • qoramol

  • cho‘chqachilik

28. G‘arbiy Yevropadagi qaysi davlat kaliy tuzlari koni bilan mashhur hisoblanadi?

  • Belgiya

  • Germaniya

  • Fransiya

  • Buyuk Britaniya

29. Globus va xaritalarda qutblar kengligi necha gradus deb olingan?

  • 75 gradus

  • 95 gradus

  • 85 gradus

  • 90 gradus

30. “G‘ovukko‘l” kichik turizm zonasi qaysi viloyatda joylashgan?

  • Farg‘ona

  • Samarqand

  • Toshkent

  • Xorazm

31. Isroil iqtisodiy rivojlanishi jihatidan quyidagi qaysi guruhga tegishli?

  • neft eksport qiluvchi

  • iqtisodiy rivojlangan

  • tayanch mamlakat

  • ko‘chirilgan kapitalizm

32. Mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel, rux quyidagilardan qaysi guruhga tegishli?

  • qimmatbaho metallar

  • yengil metallar

  • og‘ir metallar

  • qiyin eruvchi metallar

33. Avstraliya materigidagi Eyr-Nord ko‘li okean sathidan qancha pastda joylashgan?

  • -18 m

  • -20 m

  • -16 m

  • -11 m

34. Tinch okeanida boshqa okeanlarga nisbatan hayvonlar turi necha baravar ko‘p?

  • 5-6 baravar 

  • 2-3 baravar 

  • 4-5 baravar 

  • 3-4 baravar 

35. Respublikamizning qaysi viloyatlarida temir-beton buyumlari ishlab chiqarilmoqda?

  • Andijon, Namangan, Farg‘ona

  • Toshkent, Buxoro, Samarqand

  • Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo

  • Xorazm, Surxondaryo, Navoiy

36. O‘zbekiston hududiga nima uchun quyosh nuri uning hamma qismlariga bir xil tushmaydi?

  • shimoldan janubga 925 km cho‘zilganligi uchun

  • hududida tekisliklarning ko‘p tarqalganligi uchun

  • janubiy va sharqiy qismlari tog‘liklardan iboratligi uchun

  • okeanlardan uzoqda joylashganligi uchun

37. Konstitutsion monarxiyalarda davlat rahbari kim hisoblanadi?

  • parlament

  • davlat maslahatchisi

  • prezident

  • qirol

38. Toshkentdan 30 km shimoli-sharqda kimyogarlar va mashinasozlar shahri deb nom olgan shahar?

  • Chirchiq

  • Qibray

  • G‘azalkent

  • Ohangaron

39. Jahon yer fondining 33% ini qanday yerlar tashkil etadi?

  • ishlov beriladigan yerlar

  • yaylovlar

  • unumsiz yerlar

  • oʻrmonlar

40. Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari qaysi viloyat atroflarini o‘rab olgan?

  • Jizzax

  • Sirdaryo

  • Qashqadaryo

  • Samarqand

41. Avstraliya materigi qaysi sayyoh tomonidan kashf qilindi?

  • 1607-yilda Merkator

  • 1654-yilda Maklayn

  • 1641-yilda Tasman

  • 1605-yilda Yanszon

42. 2012-yilda uzunligi 116 km bo‘lgan qaysi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi?

  • Guliston-Ohangaron

  • Bekobod-Xovos

  • Qarshi-Kitob

  • Toshkent-Samarqand

43. Quyosh sistemasidan gallaktika markazigacha bo‘lgan masofa qancha yorug‘lik yiliga teng?

  • 23-28 ming

  • 32-36 ming

  • 30-35 ming

  • 21-27 ming

44. 2018-yil holatiga koʻra federativ davlatlarning soni Amerika qit’asida nechtani tashkil qildi?

  • 6

  • 7

  • 8

  • 9

45. Davlatning respublika boshqaruv shakli necha qismga bo‘linadi?

  • 4

  • 3

  • 2

  • 5

46. Mantiya bilan yadro chegarasida harorat necha gradusni tashkil qiladi?

  • 3800˚C

  • 4000˚C

  • 2000˚C

  • 3500˚C

47. Dunyoda kenglik bo‘ylab katta masofaga cho‘zilgan nechta o‘rmon mintaqasi mavjud?

  • 3 ta

  • 2 ta

  • 4 ta

  • 5 ta

48. Zarafshon okrugidagi balandligi 216 metrli balandlikni toping?

  • Quyimozor

  • Qorako‘l

  • Qumsulton

  • Qiziltepa

49. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida aholisi soni qancha boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin?

  • 3 ming

  • 7 ming

  • 5 ming

  • 10 ming

50. AQSh ning qaysi shtatida yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish joylari bor?

  • Montana

  • Nevada

  • Texas

  • Kaliforniya


Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?