Geografiya o'qituvchilari uchun diagnostika testi (1-variant) » BELLASHUV.UZ
---

Geografiya o'qituvchilari uchun diagnostika testi (1-variant)

Поделиться:



1. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Bu huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida belgilangan?

  • 40-modda

  • 50-modda

  • 44-modda

  • 60-modda

2. Maktabda aynan otalar bilan suhbat o‘tkazishdan maqsad …

  • bola tarbiyasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish 

  • bola va uning oilaviy muhitini chuqur o‘rganish

  • bolani stress holatidan chiqarish

  • bolaning emosional va fiziologik holatini o‘rganish 

3. Bugungi mavzu asosan tushuntirish metodi orqali oʻtilishi rejalashtirilgan. Oʻquvchilar mavzuni samarali oʻzlashtirishlari uchun siz sinfdagi partalarni qanday shaklda joylashtirgan boʻlardingiz?

  • partalarni anʼanaviy shaklda joylashtiraman

  • partalarni “P” shaklida joylashtiraman

  • partalarni doira shaklida joylashtiraman

  • partalarni ikkita yarim doira shaklida joylashtiraman

4.

Oilaning asosiy vazifasi ... .

  • bolaning ijtimoiylashuvi

  • farzand tarbiyasi

  • bolaning jismoniy rivojlanishi

  • bola ta'limi

5. Noan’anaviy dars turlari ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.

  • o‘tilgan materiallarni mustahkamlash, kirish darsi

  • integratsiyalashgan, aralash dars

  • yangi bilimlarni bayon qilish, nazorat darsi

  • dars-ekskursiya, auksion-dars 

6. Dars rejasini tuzishda asosiy e’tiborni nimalarga qaratishi lozim?

  • vaqt me’yorlari va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga 

  • AKT usul va vositalaridan doimiy foydalanishga

  • darslikda berilgan nazariy hamda amaliy topshiriqlarga

  • o‘quvchilar o‘rtasida gender tenglikni ta’minlashga

7. O‘qituvchining kasbiy o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiladigan asosiy omillarga nimalar kiradi? 1) ijtimoiy hayotning ta’siri 2) oilasidagi sog‘lom muhit 3) salohiyatli jamoani ta’siri 4) jamoadagi sog‘lom muhit 5) rahbarning bergan motivasiyasi

  • 2, 4 

  • 3, 5 

  • 1.3

  • 4.5

8. O‘qituvchi uyga vazifa tariqasida o‘quvchilarga kompyuterda bajariladigan mustaqil ish berib uni har bir o‘quvchi tayyorlab kelishini tayinlagan edi. Lekin sinfda 4 ta o‘quvchining kompyuteri yo‘qligi sababli ular bu topshiriqni bajara olishmadi. Ushbu holatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak?

  • kompyuteri bor o‘quvchilarni kompyuteri yo‘q o‘quvchilarga biriktirib qo‘yishi kerak

  • kompyuter yordamida bajariladigan topshiriqlardan voz kechishi kerak

  • kompyuter yordamida bajariladigan topshiriqlarni maktabda bajarishi kerak

  • bunday topshiriqlarni faqatgina kompyuteri bor o‘quvchilarga berishi kerak

9. O‘qituvchining kasbiy kuyishi deganda nimani tushunasiz?

  • kasbiy faoliyati davomida o‘zini qiziqtirmagan ishlar bilan muntazam shug‘ullanishi

  • yuqori lavozimda ko‘p yillar mobaynida faoliyat yuritilishi

  • ishdagi surunkali stress natijasida hissiy, aqliy va quvvat resurslarining tugashi

  • mas’uliyatli va kuchli bilim talab qilinadigan ishlarni yuklanilishi

10. O‘quvchilar jarayon va ob’ektlarni bevosita kuzatish orqali o‘rganishlarini tashkil etishda quyidagi usullardan qaysi biri samarali hisoblanadi?

  • loyihaviy yondashuv

  • muammoli o‘qitish

  • “case study”

  • ekskursiya

11. Quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtirib turuvchi chiziqlar nima deyiladi?

  • gorizontallar

  • meridianlar 

  • parallellar

  • bergshtrixlar 

12. Azimutlar necha gradusgacha soat mili yo’nalishi bo’yicha o’lchanadi?

  • 0 dan 270 gradusgacha

  • 0 dan 180 gradusgacha

  • 0 dan 360 gradusgacha 

  • 90 dan 360 gradusgacha 

13. Quruqlik suvlari umumiy gidrosfera suvlarining necha foizini tashkil qiladi?

  • 0.055

  • 0.076

  • 0.035

  • 0.082

14. O‘rta Osiyo daryolari to‘yinishiga qarab nechta guruhga bo‘linadi?

  • 4 ta 

  • 3 ta 

  • 5 ta 

  • 6 ta 

15. 22-iyunda Quyosh shimoliy yarimsharda nechanchi gradus shimoliy kenglikda tik tepaga ko‘tariladi?

  • 23.5

  • 21.5

  • 40.5

  • 65.5

16. Sayyoralarning yulduzlardan farqi nimada?

  • Ular nur sochmaydi, Quyoshdan keladigan nurni qaytaradi

  • Ularning yo‘ldoshlari bo‘lmaydi, Yer orbitasining ichki qismida bo‘ladi

  • Ular nur sochadi va o‘z o‘rinlarini tez-tez almashtirib turadi

  • Ular Quyoshning tortishish kuchi ta’sirida doimiy nur sochib turadi 

17. Xarita andazalari necha xil bo‘ladi?

  • 4 xil, teng burchakli, teng maydonli, teng shtrixli, ixtiyoriy andazalar

  • 3 xil, teng burchakli, teng maydonli, ixtiyoriy andazalar

  • 4 xil, teng burchakli, teng maydonli, ixtiyoriy, murakkab andazalar

  • 3 xil,teng o‘lchamli, teng burchakli, teng tomonli andazalar

18. Avstraliya materigi ichki suvlarining necha foiz maydoni oqmas ichki berk havzaga, Tinch okean va Hind okeani havzasiga qaraydi?

  • 60 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi

  • 40 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 11 % i Tinch okean va 49 % i Hind okeani havzasiga qaraydi

  • 70 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 23 % i Hind okeani havzasiga qaraydi

  • 35 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 16 % i Tinch okean va 49 % i Hind okeani havzasiga qaraydi.

19. Quyidagilardan muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolarni toping?

  • Murg‘ob, Tajan, Atrek, G‘uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, To‘rg‘ay daryolari

  • Ohangaron, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar

  • Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv

  • Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo, Tarim

20. Atmosfera quyi qatlami–troposferaning katta hududlar ustidagi bir-biridan farq qiluvchi katta ko‘lamdagi to‘plamlari nima deyiladi?

  • havo massalari

  • havo frontlari

  • siklonlar 

  • antisiklonlar

21. Dunyo okeani suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati necha gradusga teng?

  • 17,54 °C 

  • 11,44 °C 

  • 21,52 °C 

  • 16,63 °C 

22. Bentos organizmlar qanday organizmlar hisoblanadi?

  • Okean suvlari tubida, yotqiziqlar orasida yashaydigan organizmlar

  • Erkin ko‘chib yuruvchi organizmlar

  • Suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlar

  • Okean suvlarining yuza qismida, quyosh nuri yaxshi tushadigan joylarda yashovchi mitti organizmlar 

23. Janubiy yarim sharning o‘rta kengliklarida joylashgan qaysi davlatlar asosiy bug‘doy ekiladigan hudud hisoblanadi?

  • Avstraliya, Argentina, Braziliya

  • JAR, Paragvay, Namibiya

  • Chili, Yangi Kaledoniya, Botsvana

  • Urugvay, Zimbabve, Madagaskar

24. Fransiya quruqlikda nechta davlat bilan chegaradosh?

  • 8 ta

  • 5 ta

  • 7 ta

  • 6 ta

25. Jahon iqtisodiyotining “qon tomiri” deb nom olgan tarmoq?

  • sanoat tarmog‘i

  • qishloq xo‘jaligi

  • transport tizimi

  • elektr energetika

26. O‘zbekistonning kimyo sanoati tarkibida nimani ishlab chiqarish salmoqli o’rin egallaydi?

  • tola, bo‘yoqlar

  • plastmassa, oynalar

  • oyna, plastik romlar

  • mineral o‘g‘itlar

27. Geourbanistika nima?

  • aholi va shaharlar geografiyasi

  • siyosiy geografiya

  • sanoat geografiyasi

  • davlat chegaralari geografiyasi

28. O‘zbekiston hududiga nima uchun quyosh nuri uning hamma qismlariga bir xil tushmaydi?

  • shimoldan janubga 925 km cho‘zilganligi uchun

  • hududida tekisliklarning ko‘p tarqalganligi uchun

  • janubiy va sharqiy qismlari tog‘liklardan iboratligi uchun

  • okeanlardan uzoqda joylashganligi uchun

29. Respublikamizning qaysi viloyatlarida temir-beton buyumlari ishlab chiqarilmoqda?

  • Andijon, Namangan, Farg‘ona

  • Toshkent, Buxoro, Samarqand

  • Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo

  • Xorazm, Surxondaryo, Navoiy

30. Olimlarning taxmin qilishicha mantiyadagi harorat necha gradusga teng?

  • 4500 °C dan yuqori

  • 3500 °C dan yuqori

  • 2000 °C dan yuqori

  • 3000 °C dan yuqori

31. 1993-yil 1-yanvarda dunyo siyosiy xaritasida nima o‘zgarish bo‘ldi?

  • Chexiya va Slovakiya davlati paydo bo‘ldi

  • Germaniya davlati ikkiga bo‘lindi

  • GDR va GFR birlashdi

  • Yaman XDR va Yaman AR birlashdi

32. Jahon mamlakatlari ichida turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlat qaysi?

  • Shvetsariya

  • Italiya

  • Fransiya

  • Malayziya

33. Qaysi davlatda dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali bor?

  • Xitoy

  • Misr

  • Eron

  • Turkmaniston

34. Glyatsiologiya fani nimani o‘rganadi?

  • qor va muzlarni tadqiq etadi

  • ko‘p yillik muzloq yerlarni

  • gidrosferani tuzilishini

  • tirik organizmlarni

35. Jahon yer fondining umumiy hajmi qancha gektarga teng?

  • 15 mlrd gektar

  • 13,4 mlrd gektar

  • 12,8 mlrd gektar

  • 14,6 mlrd gektar

36. Quyidagi chorvachilik tarmoqlarining qaysi biri O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatida bor?

  • qo‘ychilik

  • parrandachilik

  • echkichilik

  • yilqichilik

37. O‘rta Osiyolik Nosir Xisrav Yer sharining qaysi hududlariga sayohat qilib, juda ko‘p geografik ma’lumotlar to‘plagan?

  • Janubi-g‘arbiy Osiyo va Shimoli-sharqiy Afrika

  • Janubi-sharqiy Osiyo va Sharqiy Afrika

  • Sharqiy Osiyo va sharqiy Yevropa

  • G‘arbiy Osiyo va Afrikaning markaziy va sharqiy qismlariga 

38. Muzliklar quruqlikning qancha maydonini egallaydi?

  • 0.11

  • 0.25

  • 0.16

  • 0.095

39. “Litosfera plitalari tektonikasi” girotezasini kimlar ishlab chiqqan?

  • A.Vegener va J.Oliver

  • L.Sayks va J.Oliver

  • R.Dekart va I.Kant 

  • l.Sayks va R.Laplas

40. Dunyo okeani qirg‘oqlarining 50 km gacha bo‘lgan qismlarida dunyo aholisining necha foizi yashaydi?

  • 0.27

  • 0.35

  • 0.18

  • 0.42

41. “Uch dengiz osha sayohat” asarini kim yozgan?

  • V.Yanszon

  • X.Kolumb

  • A.Nikitin

  • A.Vispuchi

42. Avstraliya materigi qaysi sayyoh tomonidan kashf qilindi?

  • 1607-yilda Merkator

  • 1654-yilda Maklayn

  • 1641-yilda Tasman

  • 1605-yilda Yanszon

43. Tug‘ilishning o‘limga nisbatan pastligini Yevropaning qaysi davlatlarida kuzatish mumkin?

  • Finlandiya, Daniya, Iroq

  • Germaniya, Ukraina, Serbiya

  • Gruziya, Italiya, Turkiya

  • Chexiya, Fransiya, Vatikan

44. Jahon yer fondining 33% ini qanday yerlar tashkil etadi?

  • ishlov beriladigan yerlar

  • yaylovlar

  • unumsiz yerlar

  • oʻrmonlar

45. Yalpi sanoat mahsulotining hajmi bo‘yicha AQSh jahonda qaysi davlatdan keyin 2-o‘rinda turadi?

  • Germaniya

  • Xitoy

  • Rossiya

  • Yaponiya

46. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida aholisi soni qancha boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin?

  • 3 ming

  • 7 ming

  • 5 ming

  • 10 ming

47. Karpat tog‘ida igna bargli o‘rmonlar necha metr balandlikda joylashgan?

  • 2000-2300

  • 3000-3200

  • 2500-3500

  • 2000-2500

48. Mamlakatimizda mehnatda band aholining 9,5 foizi qaysi tarmoqda faoliyat yuritadi?

  • qurilish

  • sogʻliqni saqlash

  • savdosavdo

  • ta’lim

49. Qorako‘l qo‘ylari qaysi viloyatlarda boqilmaydi?

  • Xorazm, Samarqand, Sirdaryo

  • Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan 

  • Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy

  • Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo 

50. Sirdaryo viloyatining qaysi shahri 1957-yilda tashkil topgan?

  • Guliston

  • Shirin

  • Xovos

  • Yangiyer





Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?