Maktab amaliyotchi psixologlari diagnostika testi » BELLASHUV.UZ
---

Maktab amaliyotchi psixologlari diagnostika testi

Поделиться:



1. Taʼlimda AKTdan foydalanish samaradorligining pastligi qanday omillar bilan bevosita bogʻliq deb oʻylaysiz?

  1. har bir oʻquvchi alohida kompyuter bilan taʼminlanmaganligi
  2. Internet global tarmogʻiga yuqori tezlikda ulanmaganligi
  3. oʻqituvchida AKTdan foydalanish metodikasining mavjud emasligi
  4. maktablarda AKTni yetarli darajada moliyalashtirilmasligi


2. Maktab bilan oilalarning o‘zaro hamkorligini tashkil etuvchi asosiy tamoyillarni belgilang 1) O‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi do‘stona muloqot 2) Individual yondashuv 3) Aralashmaslik 4) Ochiqlik 5) Ixtiyoriylik

  1. 1, 2, 4
  2. 1, 3, 5
  3. 2, 3, 5
  4. 3, 4, 5


3. “Venn” diagrammasidan qanday maqsadlarda foydalanish lozim?

  1. tahlil qilish va taqqoslashda
  2. fikrni umumlashtirishda
  3. muammoni hal qilishda
  4. vaziyatlarni sahnalashtirishda


4. Oʻquvchilar partalari oʻqituvchi stoliga, sinf doskasiga qaratilib uch qator shaklida joylashtirilgan. Joylashuvning bunday shakli anʼnaviy deb ataladi. Bunday shakldagi joylashuv dars oʻtishning qanday usullari uchun samarali hisoblanadi?

  1. darsda proyektor, taqdimotlar va sinf doskasidan koʻproq foydalanishda, koʻp sonli oʻquvchilarga nazariy bilimlar berishda samarali
  2. munozara va muhokama oʻtkazishda hamda har bir oʻquvchini kuzatishda, ularning oʻzaro hamkorligini tashkil etishda samarali
  3. har bir oʻquvchi bilan savol javoblar oʻtkazishda, ularning darsdagi faolligini oshirishda va ijtimoiylashuvida samarali
  4. oʻquvchilar bilan individual ishlashda, ularning shaxsiy sifatlari va kompetensiyalarini shakllantirishda samarali


5. Oʻquvchilarning xulq atvoridagi muammolarni yechishda oʻqituvchi eng avvalo ... boʻlishi kerak.

  1. qattiqqoʻl
  2. shijoatli
  3. xolis
  4. talabchan


6. O‘qituvchi va o‘quvchining ijobiy psixologik muhitni yaratishga qaratilgan, darsda va darsdan tashqari jarayonlardagi o‘zaro hamkorlik nima deb ataladi?

  1. pedagogik dastur
  2. pedagogik tajriba
  3. pedagogik munosabat
  4. pedagogik faollik


7. Psixologiya fanining metodlari:

  1. kuzatish, eksperiment, sotsiometriya, test, so‘rov
  2.   odam psixikasi haqida ma’lumotlar to‘plash
  3.   odam va hayvon psixikasini o'rganish usullari
  4. kuzatish, ma’lumotlarni matematik qayta ishlab chiqish, tahminlar


8. Oʻquvchining oʻqishga boʻlgan motivatsiyasi tarkibini koʻrsating

  1. ichki, tashqi va shaxsiy
  2. bilim, koʻnikma va malaka
  3. qadriyat, orttirilgan qobiliyat
  4. tajriba, ehtiyoj, tugʻma qobiliyat


9. Milliy-ahloqiy qadriyatlarni hurmat qilish o‘quvchilarda qanday sifatlarni shakllantiradi? 1) irodalilik 2) bag‘rikenlilik 3) tolerantlik 4) tirishqoqlik 5) milliy urf odatlarga sadoqatlilik

  1. 2, 3, 5
  2. 1, 3, 4
  3. 2, 4,5
  4. 1, 2, 5


10. Tanaffusda 2 ta o‘quvchi mushtlashdi. Sizning harakatingiz nimadan iborat bo‘ladi?

  1. ularni ajratib, boshqa urishmasliklarini tayinlayman
  2. janjal sababini aniqlayman va ota-onalarini chaqirtiraman
  3. vaziyatdan kelib chiqib muammoni yechimini topishga harakat qilaman
  4. tanbeh beraman va sinf rahbariga ma’lum qilaman


11. Sinfda turli millat vakillaridan tarkib topgan o‘quvchilar o‘qiydi. O‘qituvchi maktabda tashkil etilgan bayramga har bir o‘quvchiga o‘z milliy kiyimlarini kiyib, badiiy chiqishlar qilishlarini topshirdi. O‘qituvchi qanday maqsadlarni ko‘zlagan deb o‘ylaysiz? 1) o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro raqobatni kuchaytirishni 2) maktab formasidan bir kunga chetlashish imkonini berishni 3) madaniy xilma xilliklarga nisbatan hurmat uyg‘otishni 4) har bir millatning o‘z urf-odatlari va qadriyatlarini hurmat qilishni 5) o‘quvchilar orasida musobaqa ruhini shakllantirishni

  1. 1, 3
  2. 2, 4
  3. 3, 4
  4. 1, 5


12. O‘qituvchi uyga vazifa tariqasida o‘quvchilarga kompyuterda bajariladigan mustaqil ish berib uni har bir o‘quvchi tayyorlab kelishini tayinlagan edi. Lekin sinfda 4 ta o‘quvchining kompyuteri yo‘qligi sababli ular bu topshiriqni bajara olishmadi. Ushbu holatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak?

  1. kompyuteri bor o‘quvchilarni kompyuteri yo‘q o‘quvchilarga biriktirib qo‘yishi kerak
  2. kompyuter yordamida bajariladigan topshiriqlardan voz kechishi kerak
  3. kompyuter yordamida bajariladigan topshiriqlarni maktabda bajarishi kerak
  4. bunday topshiriqlarni faqatgina kompyuteri bor o‘quvchilarga berishi kerak


13. Quyidagi javoblarning qaysi birida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar keltirilgan?

  1. tarqatma materiallar va ko‘rgazmali qurollar
  2. darslik, qo‘llanma va qo‘shimcha adabiyotlar
  3. internet va kompyuter texnologiyalari
  4. mustaqil ishlash uchun qo‘shimcha topshiriqlar


14. Quyidagilarning qaysi biri noan’anaviy dars shakllari hisoblanadi?

  1. interfaol dars
  2. onlayn dars
  3. oflayn dars
  4. ochiq dars


15. Sotsiometriya metodini birinchi bo‘lib qaysi olim ishlab chiqqan?

  1. D.Moreno
  2. G.Ayzenk
  3. V.Smenal
  4. A.Rahmonov


16. O‘qituvchi darsda bir-biri bilan urishib qolgan o‘quvchilarni yarashtirish maqsadida qanday usullardan foydalanishi kerak?

  1. ishontirish, to‘g‘rilash
  2. tanbeh berish, ogohlantirish
  3. urushish, maslahat berish
  4. intizomiy chora ko‘rish


17. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchi bilan quriladigan muomalani rejalashtirish pedagogik muomalaning qaysi bosqichida bajariladi?

  1. tajriba o‘tkazish
  2. tahlil qilish
  3. bashorat qilish
  4. trening o‘tkazish


18. O‘qituvchi kasbining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

  1. o‘quvchining psixik qonuniyatlarini, ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik jihatdan ochish
  2. o‘quvchida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy kamolotni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni tarbiyalash
  3. o‘quvchilarga fan yo‘nalishi bo‘yicha rejalar, dasturlar, darsliklar va boshqa me’yoriy xujjatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berish
  4. o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda munosabatlarni o‘rnatish


19. O‘qituvchi o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashda ularning qaysi jihatlariga e’tibor QARATMASLIGI kerak?

  1. ularning individualligi, ruhiy holati, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlariga
  2. iste’dodli o‘quvchilarning qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirishga
  3. ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy sog‘lig‘i, oilaviy ta’minoti, ota-onasining ma’lumoti
  4. layoqati, kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashishga


20. Talant rivojlanishi asosida nima yotadi?

  1. Iqtidor
  2. Muhit
  3. Qobiliyat
  4. Layoqat


21. Talantlarning uyg‘onishi nimaga bog‘liq?

  1. Ijtimoiy sharoit
  2. Qobiliyatga
  3. Irsiyatga
  4. Muhitga


22. O‘qituvchi o‘quvchilarga qaysi jihatlari bilan namuna bo‘la oladi? 1) o‘zini tutishi va xatti-harakati bilan 2) repetitorlik faoliyati bilan 3) o‘zining ma’naviy dunyosi bilan 4) o‘zining ijtimoiy kelib chiqishi bilan 5) o‘z bilimini doimiy oshirib borishi bilan 6) moddiy ta’minlanganligi bilan

  1. 1, 3, 5
  2. 2, 4, 6
  3. 1, 4, 5
  4. 2, 3, 6


23. O‘quvchining aqliy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rsating? 1) tarbiya 2) muloqot 3) irsiyat 4) munosabat 5) muhit

  1. 2, 4, 5
  2. 1, 3, 5
  3. 1, 2, 3
  4. 2, 3, 4


24. Pedagogik jamoani jipslashtirish, turli tadbirlarni uyushtira olish uchun pedagog qanday qobiliyatga ega bo‘lishi kerak?

  1. intellektual
  2. pedagogik
  3. tashkilotchilik
  4. kommunikativ


25. O‘quvchilar jarayon va ob’ektlarni bevosita kuzatish orqali o‘rganishlarini tashkil etishda quyidagi usullardan qaysi biri samarali hisoblanadi?

  1. loyihaviy yondashuv
  2. muammoli o‘qitish
  3. “case study”
  4. ekskursiya


26. O‘qituvchi darsda topshiriq berganda o‘quvchilardan biri uni bajarmasdan rasm chizib o‘tirdi. O‘qituvchining harakati nimalardan iborat bo‘lishi kerak?

  1. chizilgan rasmni ko‘rib o‘quvchiga tanbeh beradi va salbiy baho qo‘yadi
  2. chizilgan rasmni ko‘rib o‘quvchiga tanbeh beradi va vazifani bajarishini tayinlaydi
  3. chizilgan rasmga baho berib, o‘quvchiga chizayotgan rasmni yakunlashga imkon beradi
  4. chizilgan rasmni ko‘rib o‘quvchiga uni tugatib qo‘yishni tayinlaydi


27. Harakatni boshqarishning ongli ravishda avtomatlashtirilgan usuli.

  1. Ko‘nikma
  2. Malaka
  3. Odat
  4. Tajriba


28. O‘qituvchining darsda AKTdan faol va samarali foydalanishi qanday natijalarga olib kelishi mumkin? 1) o‘quvchilar orasida raqobatni oshirishga 2) vaqtdan unumli foydalanishga 3) ko‘proq o‘quvchilarni baholashga 4) o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga 5) o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhitning shakllanishiga

  1. 1, 2, 4
  2. 1, 4, 5
  3. 2, 3, 4
  4. 2, 3, 5


29. Ijodiy fikrlash o‘quvchilarda qanday maqsadda shakllantiriladi?

  1. tahlil qilishga o‘rgatish
  2. muammoning yechimini topish
  3. axborotlarni saralash
  4. fikrni asoslash


30. O‘qituvchi o‘z kasbdoshlari bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerak?

  1. o‘z fikrini ma'qullashi va qattiqqo‘l bo‘lishi
  2. ichki intizom me'yorlariga rioya qilish
  3. kasbiy etika va axloq normalariga rioya qilishi
  4. o‘z fikrini qat'iy pozisiyasida turish


31. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarni faollashtirish uchun qanday yo‘l tutishi kerak?

  1. motivatsiya uyg‘otishi kerak
  2. musobaqadan foydalanishi kerak
  3. mustaqil topshiriq berishi kerak
  4. yuqori baho qo‘yishi kerak


32. O‘qituvchi o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi uchun qanday topshiriqlar berishi kerak?

  1. bilimlarni umumlashtirish va mustah-kamlashga oid topshiriqlar berishi kerak
  2. tahliliy va bilimlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan mashqlarni berishi kerak
  3. jismoniy tarbiya va sportga oid mashqlar bilan shug‘ullanishga yo‘naltirishi kerak
  4. o‘quvchilarga muammoli va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar berishi kerak


33. Shaxsni rivojlanishiga ta’sir qiladigan asosiy omilni ko‘rsating?

  1. irsiyat
  2. tarbiya
  3. faoliyat
  4. muhit


34. O‘quvchini darsda faollashtirish uchun o‘qituvchi nima qilishi kerak?

  1. yuqori baho qo‘yish
  2. motivatsiyasini oshirish
  3. mustaqil ish berish
  4. yuklamani oshirish


35. 7-sinf oʻquvchilaridan biri oʻziga koʻproq eʼtiborni tortyapti: u shovqin qilyapti, gaplari bilan javob berayotgan oʻquvchilar fikrlarini boʻlyapti, oʻqituvchini tinglamayapti, darsga jiddiy halaqit beryapti. Ushbu vaziyatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak?

  1. oʻquvchini darsga halaqit bermasligi uchun sinfdan chiqarib yuborishi kerak
  2. darsda bosiqlik bilan ungaoʻzini tutish qoidalarini eslatishi kerak
  3. uning ota-onasi bilan muammo yuzasidan suhbatlashishi kerak
  4. o‘quvchining hulqidan kelib chiqib bilimiga past baho qo‘yishi kerak


36. O‘qituvchi darsni o‘quvchilarga tushunarli tarzda yetkazish uchun ularning qaysi jihatiga e’tibor qaratishi lozim? 1) irodasiga 2) qiziqishiga 3) tafakkuriga 4) tushunishiga 5) qobiliyatiga 6) diqqatiga

  1. 1, 2
  2. 3, 6
  3. 2, 4
  4. 4, 6


37. O‘qituvchi mavzuni tushuntirayotganda o‘quvchilar bilan muloqot qilishning qanday usullaridan foydalanishi kerak?

  1. o‘quvchilar bilan vizual aloqa o‘rnatishi, ularni faol tinglashi, ularga savol bilan murojaat qilish imkonini yaratishi kerak
  2. o‘quvchilarning bergan savollariga javobni darsning yakunida olishlarini aytishi va tushuntirishni davom ettirishi kerak
  3. o‘quvchilarning bildirgan fikrlariga, taklif va mulohazalariga e’tibor qaratmasligi va darsni davom ettirishi kerak
  4. o‘qituvchi o‘quvchilarning bergan savollari mavzudan tashqarida bo‘lsa ham, unga albatta javob berishi kerak


38. O‘qituvchining kasbiy kuyishi deganda nimani tushunasiz?

  1. kasbiy faoliyati davomida o‘zini qiziqtirmagan ishlar bilan muntazam shug‘ullanishi
  2. yuqori lavozimda ko‘p yillar mobaynida faoliyat yuritilishi
  3. ishdagi surunkali stress natijasida hissiy, aqliy va quvvat resurslarining tugashi
  4. mas’uliyatli va kuchli bilim talab qilinadigan ishlarni yuklanilishi


39. Darsda o‘rnatilgan qoidalar buzilgan holatlarda o‘qituvchi qanday yo‘l tutish kerak?

  1. o‘rnatilgan qoidalarni eslatish
  2. intizomiy chora ko‘rish
  3. kundalikda qayd etish
  4. e'tibor bermaslik


40. Sangvinik temperamentiga xos bo‘lgan belgilarni ko‘rsating?

  1. harakatchan, quvnoq, serg‘ayrat
  2. kamgap, bosiq, xotirjam
  3. tezkor, jo‘shqin, ehtirosli
  4. ta’sirchan, qat’iyatsiz, uyatchan


41. O‘qituvchi va o‘quvchining ijobiy psixologik muhitni yaratishga qaratilgan, darsda va darsdan tashqari jarayonlardagi o‘zaro hamkorlik nima deb ataladi?

  1. pedagogik munosabat
  2. pedagogik dastur
  3. pedagogik tajriba
  4. pedagogik faollik


42. Oʻquvchining salbiy harakatlarini tuzatish uchun qanday yoʻl tutasiz?

  1. ota-onasini chaqirtiraman
  2. tushuntirish ishlarini olib boraman
  3. barcha oʻquvchilar oldida tanbeh beraman
  4. oʻquvchiga nisbatan intizomiy chora qoʻraman


43. Muloqotda qaysi savollar eng kam samara beradi?

  1. yopiq savollar
  2. ochiq savollar
  3. ritorik savollar
  4. hususiy savollar


44. Xolerik temperamentga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) o‘ta faol 2) faol 3) passiv 4) ehtirosli 5) tezkor 6) bosiq

  1. 1,4,5
  2. 1,2,3
  3. 1,2,4
  4. 2,3,6


45. O‘qituvchi betob bo‘lib qoldi, lekin uning dars yuklamasi ko‘p. U qanday yo‘l tutishi kerak?

  1. shaxsiy sog‘ligi va farovonligini o‘ylashi kerak
  2. dars yuklamasi bajarilishini ta’minlashi kerak
  3. o‘z hisobidan ta’tilga chiqishi kerak
  4. davolanish bilan birga dars yuklamasini bajarishi kerak


46. Eshitishida nuqsoni bor o‘quvchining o‘quv materiallarini yaxshiroq o‘zlashtirishi uchun nima qilish kerak?

  1. ko‘proq ijodiy ishlarni berish kerak
  2. ovozni balandlatib gapirish kerak
  3. asosan mustaqil ishlarni berish kerak
  4. topshiriqlarni yozma shaklda berish kerak


47. Vatanga sadoqat, milliy urf odatlarga sadoqatlilik, milliy moddiy va nomoddiy merosni e'zozlash, xalqning azaliy madaniy merosiga hurmat kabi ma'naviy fazilatlar o‘quvchilarda qanday qadriyatlarni shakllantiradi?

  1. milliy-axloqiy
  2. faol fuqarolik
  3. umuminsoniy
  4. ijtimoiy-siyosiy


48. Quyidagi taʼriflarning qaysi biri Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunida (34-modda) berilgan davlat taʼlim standartlariga taaluqli hisoblanadi?

  1. Taʼlim sifatini aniqlash boʻyicha davlat nazoratining asosiy shakli.
  2. Taʼlim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy koʻnikmalar berishga qaratilgan tartib va qoidalar.
  3. Taʼlim oluvchilarning har tomonlama yetuk shaxs boʻlib yetishishlari uchun belgilangan talablar.
  4. Davlat tomonidan taʼlimning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.


49. O‘qituvchi va o‘quvchi orasida muomalaning tahlili qanday maqsadlarni ko‘zlab amalga oshiriladi?

  1. ta'lim jarayoni ishtirokchilarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, ularning psixologik holatiga baho berish
  2. ta'limiy maqsad, o‘qitish vositalari va erishiladigan natijalarning o‘zaro uyg‘unligini aniqlash
  3. o‘quvchilarni yo‘naltirilgan faoliyatga jalb etish va ularning o‘quv faoliyatini yanada jonlantirish
  4. o‘quvchilarning o‘zlashtirishidagi regressiv holatlarga pedagogik va psixologik korreksiyani amalga oshirish


50. O‘qituvchi har doim ish jarayonida ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi uchun … 1) rahbariyatdan motivatsiya olib turishi kerak 2) muntazam malakasini oshirib turishi kerak 3) doim bilimini kengaytirib borishi kerak 4) sog‘lig‘iga e’tibor qaratib turishi kerak 5) ijod qilishi uchun bo‘sh vaqti ko‘proq bo‘lishi kerak 6) o‘z kasbini yaxshi ko‘rishi kerak

  1. 1,4,6
  2. 2,3,4
  3. 4,5,6
  4. 1,3,5



Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?